Tojikiston Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi
07 noy 2013 19:15
Yangiliklar


Tojikiston Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Bungacha 1-turda Qirg'izistonni mag'lub etgan Damir Kamoliddinov shogirdlari olti ochko bilan final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Uchrashuvdan avval ko'pchilik Tojikiston terma jamoasini favorit sifatida etirof etgandi. Biroq 3-tur uchrashuvi boshida Turkmaniston terma jamoasi tojiklarni ancha shoshiltirib qo'ydi. 3-daqiqada Gurbanguli Ashirov hisobni ochgan bo'lsa, keyingi daqiqada Annaev hisobni oshirdi. Oradan yana bir daqiqa o'tmasdan, Turkmaniston 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi – 5-daqiqada Mansur Mamedboboev o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Biroq turkmanlar ushbu faollik va ustunlikni o'yin davomida saqlab qola olishmadi.
O'yin oxiriga borib, Turkmaniston darvozasini Mamedboboevning o'zi ham ishg'ol qildi.
Bungacha Tojikiston terma jamoasi faqat hisobda ortda bordi. Tojiklar 7-daqiqada, saralash bahslari to'purari Xurshed Mahmudovning sai-harakati bilan hisobni qisqartirishdi, 13-daqiqada Mahmudovning o'zi dublni rasmiylashtirdi. Taym yakunlanishi arafasida SHerzod Jumaev hisobni tenglashtirdi. SHundan so'ng, ikkinchi bo'limning 27-daqiqasigacha, tomonlar bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirganliklariga qaramay, hisobni o'zgartira olishmadi.
Faqat 27-daqiqaga kelib Rejepov Turkmanistonni yana bir bor hisobda oldinga chiqdi. Biroq ushbu gol Davlatmurod Annaev shogirdlarining o'yindagi so'nggi goli bo'lib qoldi. Rejepovning goli kiritilgan daqiqaning o'zida Mansur Mamedboboev birinchi taymdagi xatosini yuvib, hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tib, SHerzod Jumaev jarima zarbasidan so'ng Tojikistonni ilk bor o'yinda hisobda oldinga olib chiqdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida Turkmaniston maydonda o'ynovchi-darvozabon bilan harakat qilib, Tojikistonni “qamab qo'ygan” bo'lsa-da, hisobni ortiq o'zgartira olmadi.
SHunday qilib, O'zbekiston terma jamoasidan so'ng Tojikiston ham final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Uchinchi yo'llanma egasi nomi O'zbekiston – Qirg'iziston o'yinidan so'ng malum bo'ladi. Turkmaniston terma jamoasi hali ham Vetnam yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniga ega.
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2014 saralash
Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi, 2-tur uchrashuvlari
7 noyabr, payshanba
TOJIKISTON – TURKMANISTON 5:4 (3:3)
Gollar: Xurshed Mahmudov (7, 13), SHerzod Jumaev (19, 28), Mansur Mamedboboev (5, avtogol, 27) – Gurbanguli Ashirov (3), Annaev (4), Rejepov (27).
Ogohlantirishlar: Firdavs Fayzullaev (11), Orzu Dodxudoev (17) – Vatan Ataev (19).
# |
Jamoa |
O' |
G' |
D |
M |
T-N |
O |
1 |
2 |
2 |
0 |
0 |
15-5 |
6 |
|
2 |
3 |
2 |
0 |
1 |
17-13 |
6 |
|
3 |
2 |
0 |
1 |
1 |
6-10 |
1 |
|
4 |
3 |
0 |
1 |
2 |
7-17 |
1 |

Fikrlar