"Tottenxem" Son Xyon Minni ruhshunosga ko'rsatadi. Uning ECHL o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida
05 noy 2019 10:12
Yangiliklar


"Tottenxem" Son Xyon Minni ruhshunosga ko'rsatadi. Uning ECHL o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida
"Tottenxem" jamoa o'yinchisi Son Xyon Minga ruhiy yordam ko'rsatadi.
Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisi APL doirasidagi "Everton" (1:1)ga qarshi o'yinda Andre Gomesh bilan bo'lgan vaziyatda o'zini aybdor his qilmoqda.
O'sha vaziyatda "Everton"ning portugaliyalik o'yinchisi Andre Gomeshning oyog'i sinib ketdi.
Vaziyatdan so'ng Son Xyon Min tushkunlikka tushib qoldi va yig'lay boshladi. Hakam esa unga qizil kartochka bergan holda maydondan chetlatdi.
Londonliklar endilikda futbolchini ruhshunosga ko'rsatishadi va bugun o'yinchining ECHL doirasidagi "Crvena Zvezda"ga qarshi o'yin uchun Belgradga borish yoki bormasligi aniq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
14:22
MYU va "Tottenxem" muxlislari Bilbaodagi Evropa ligasi finali oldidan San-Sebastyanda mushtlashishdi 1
23:19
Ange Postekoglu: "MYU futbolchilarining bunday katta o'yinga qanday tayyorlanishini bilmaymiz" 1

Fikrlar