"Tottenxem" klubdan Keyn ketsa, "Fiorentina" o'yinchisi Vlaxovich bilan shartnoma imzolashi mumkin
09 avg 2021 12:23
Yangiliklar


"Tottenxem" klubdan Keyn ketsa, "Fiorentina" o'yinchisi Vlaxovich bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 21 yoshli serbiyalik futbolchi uchun "Tottenxem" davogarlik qilmoqda.
Klub Xarri Keynning ehtimoliy ketishi sabab forvard qidirmoqda. Dushanga shuningdek "Arsenal" ham davogarlik qilmoqda.
Vlaxovich 2020/21 yilgi mavsum "Fiorentina" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar