Rasman: Tomas Frank - “Tottenxem“ bosh murabbiyi

Khoja
13 iyun 2025, 07:20
Tomas Frank “Tottenxem“ bosh murabbiyiga aylanadi.

Daniyalik murabbiy bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi. Bunga qadar u 2018 yildan buyon “Brentford“ni boshqarib kelayotgandi. “Shporlar“ yangi bosh murabbiyi uchun “Brentford“ga 10 mln evro tovon puli to'laydi.

Oldinroq “Tottenxem“ jamoaga Yevropa ligasi sovrinini taqdim qilgan Ange Postekogluni iste'foga chiqargandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com