Angliyaning 3 ta klubi Garnachoga qiziqmoqda
16 iyu 14:36
Yangiliklar


Angliyaning 3 ta klubi Garnachoga qiziqmoqda
"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho Angliya Premer-ligasining boshqa klubiga o'tishi mumkin.
"Qizil iblislar" yozda argentinalik futbolchi uchun takliflarni tinglashga tayyor. Jurnalist Saymon Jons xabariga ko'ra, "Chelsi", "Aston Villa" va "Tottenxem" Garnachoni safiga qo'shib olmoqchi. 20 yoshli futbolchiga Italiyaning "Napoli" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Alexandro Garnacho 45 million evroga baholangan. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Garnacho o'tgan mavsum MYU tarkibida 58 o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar