"Torino" Belottiga 2025 yilga qadar shartnoma va 3,2 mln evrolik maosh taklif qildi
05 avg 2021 10:16
Yangiliklar
"Torino" Belottiga 2025 yilga qadar shartnoma va 3,2 mln evrolik maosh taklif qildi
"Torino" forvardi Andrea Belotti klubda qolishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, Turin klubi rahbariyati 27 yoshli italiyalik futbolchiga 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va bonuslarga ega 3,2 million evrolik maosh taklif qildi. O'yinchining o'zi hali faoliyatini qaerda davom ettirishni o'ylamoqda.
Belottiga "Zenit" tomonidan jiddiy qiziqish bo'lgandi, ammo futbolchining o'zi Rossiyaga yo'l olishni xohlamadi.
Belotti o'tgan mavsum "Torino" tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar