Andrea Pirloning o'g'li noqonuniy pul tikish mojarosi markazida
15 apr 14:12
Yangiliklar


Andrea Pirloning o'g'li noqonuniy pul tikish mojarosi markazida
Nikolo Pirlo 2022 yil, endigina 17 yoshga to'lganida noqonuniy onlayn-sxemada qatnashib, 30 000 evro qarzdor bo'lgan. Pirlo qonuniy vasiy sifatida muammoni to'xtatish uchun o'g'lining bank hisobini u voyaga etguncha bloklab qo'ygan.
Bu haqda "Corriere della Sera" tomonidan olib borilgan surishtiruv natijalarida malum bo'ldi. "Fiorentina" yarim himoyachisi Nikolo Fajoli yozishmalarda Pirloning o'g'lini "safdoshlarimizdan biri" deb atagan va sxema asoschisi, bosh hakam Petro Marinoniga otasi uning pul olishiga to'sqinlik qilganini aytgan.
D Seriya hakami Marinoni yosh futbolchilarni pul tikishga jalb qilganlikda gumon qilinmoqda. Prokurorlar ushbu ishga aloqador 12 futbolchi ustidan tergov boshlaganidan so'ng uni futboldan chetlashtirgan edi.
Oldinroq "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali Marinoni uni qimor o'yinlariga jalb qilganini tan olgandi. Unga ko'ra, uning 500 ming evro qarzi bor edi, ammo hech qanday tahdidlar bo'lmagan – unga shunchaki o'ynashni davom ettirish taklif qilingan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar