“Milan“ “Man Siti“ qiziqayotgan himoyachini sotib olmoqchi
02 iyu 07:57
Yangiliklar


“Milan“ “Man Siti“ qiziqayotgan himoyachini sotib olmoqchi
“Milan“ “Yuventus“ himoyachisi Andrea Kambyazoni sotib olishni o'ylamoqda.
Milanliklar Teo Ernandesni sotib yuborgan taqdirda 25 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolashni reja qilgan.
Chap qanot himoyachisiga “Milan“dan tashqari “Manchester Siti“ ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turin jamoasi himoyachisini 40-50 million evroga sotishga tayyor.
Himoyachining “Yuventus“ bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Yakunlangan mavsumda Andrea Kambyazo 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar