Terri "CHelsi"da qolishga umid qilmoqda
04 mar 2016 19:40
Yangiliklar


Terri "CHelsi"da qolishga umid qilmoqda
CHelsi sardori Jon Terri mavsum yakunlanganidan so'ng ham jamoada qolishni istashini tan oldi.
"Qolishga umid qilyapman. 21 yildan beri shu erdaman va oxirigacha qolishni istayman. "CHelsi" uchun ko'p narsa qilganman va bunda davom etishni istayman.
Xiddink ajoyib ish olib bormoqda. SHunaqa holat 2009 yilda ham bo'lgandi", - deydi himoyachi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining "CHelsi" bilan shartnomasi shu mavsum yakunida nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar