Anri Bellingemning so'kinishi haqida: "Kim bo'lishingdan qatiy nazar, bunday deyishga haqqing yo'q"
22 fev 17:54
Yangiliklar


Anri Bellingemning so'kinishi haqida: "Kim bo'lishingdan qatiy nazar, bunday deyishga haqqing yo'q"
Terri Anri hakamga so'kingan Jud Bellingem ishini qoraladi.
"Real" yarim himoyachisi "Osasuna"ga qarshi bahsning birinchi bo'limida qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuv bosh hakami protokolda Bellingem unga "fuck you" deganini yozgan.
Uchrashuvdan so'ng Bellingem hakamga "fuck you" emas, "fuck off" deganini isbotlashga urindi.
"Men uchun u qanday so'kinishni ishlatganini ahamiyati yo'q. Futbolchi maydonda bunday demasligi kerak.
Ha, men ham bu ishni qilganman, hammamiz qilganmiz... Hakam buni qabul qilishga majbur emas.
Bellingem hakamni haqorat qilgani uchun qizil kartochka oldi. Kim bo'lishingdan qatiy nazar, bunday deyishga haqqing yo'q" - dedi Anri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar