Ketma-ket uchta jahon chempionini to'g'ri topgan matematik JCH-2026 favoritini ma'lum qildi

8 iyun 2026, 10:45
Germaniyalik matematik Yoaxim Klement 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi g'olib chiqishini bashorat qildi.

Klement bundan oldingi uchta turnir g'oliblarini ham xatosiz topgan edi: 2014 yilda Braziliyada o'z vatani Germaniya, 2018 yilda Rossiyada Fransiya va to'rt yil avval Qatarda Argentina chempion bo'lishini oldindan aytgan.

Klementning o'zi dastlab g'olibni oldindan prognoz qilish amalda mumkin emasligini isbotlashga harakat qilganini tan oladi. "Der Spiegel" nashriga bergan intervyusida u 2014 yilda uning modeli birinchi marta ish berganida shok holatiga tushganini so'zlab berdi.

"Birinchi marta Braziliyada Germaniya jahon chempioni bo'lganida men shunchaki dahshatga tushgandim. Sababi, barcha ekspertlar bir ovozdan: "Hech qachon Yevropa jamoasi Janubiy Amerikada o'tgan jahon chempionatlarida g'olib bo'lmagan", deb takidlashardi", - deya o'rtoqlashdi u.

Niderlandiya terma jamoasi uch marta jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan, ammo biror marta ham turnirda g'olib chiqmagan. Ronald Kuman qo'l ostidagi jamoa JCH-2026dagi yurishini 14 iyun kuni Yaponiyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Shuningdek, ular "F" guruhida Shvetsiya (20 iyun) va Tunis (26 iyun) terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com