Ten Xag - MYU murabbiyligi uchun favorit. Klubning Pochettinoga qiziqishi pasaygan
07 jan 2022 15:14
Yangiliklar
Ten Xag - MYU murabbiyligi uchun favorit. Klubning Pochettinoga qiziqishi pasaygan
"Manchester Yunayted" "Ayaks" ustozi Erik ten Xagni bosh murabbiylik uchun ko'rib chiqmoqda.
Ten Xag - MYU bosh murabbiyligi uchun favorit. Klubning hozirda PSJda ishlayotgan Maurisio Pochettinoga qiziqishi pasaygan.
Ole-Gunnar Sulsherning istefosidan so'ng Pochettino MYUni boshqarishni xohlagandi, ammo PSJ uni qo'yib yubormadi. MYUning vaqtincha murabbiyi etib Ralf Rangnik tayinlandi.
Ten Xag 2019 yildan beri "Ayaks"da ishlaydi. Uning qo'l ostida jamoa ikki martadan chempionat va kubogni qo'lga kiritgan, shuningdek CHempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan.
Fikrlar