Surxondaryoda "Paxtakor" futbol akademiyasi ochildi
07 noy 2013 22:28
Yangiliklar


Surxondaryoda "Paxtakor" futbol akademiyasi ochildi
Futbolga istedodli yoshlarni etkazib berish bilan nom qozongan yurtimizning eng yaxshi akademiyalaridan biri "Paxtakor" endi istedodlar yurti bo'lgan Surxondaryoda ham o'z faoliyatini olib boradi.
O'tgan haftada viloyatning markazi Termiz shahridagi "Sog'lom avlod" stadioni qoshida yoshlarni katta futbolga tayyorlashga xizmat qiluvchi "Paxtakor" akademiyasi ish boshladi. Endi Toshkent klubining viloyatdagi bo'limida ham yuqori toifali murabbiylar yangi nomlarni kashf etish, istedodli yoshlarni tayyorlash bo'yicha ish olib boradi. Hozirda yangi ochilgan akademiyada yuzga yaqin yoshlar futbol sir asrorlarini o'rganmoqda. O'ylaymizki bu yaqin kelajakda Surxon futboli uchun ham katta o'sishni taminlaydi. Ushbu akademiya ochilishida "Paxtakor" klubining bir qator rahbariyat azolari ham ishtirok etishib yoshlar uchun kerakli bo'lgan to'p va formalarni taqdim etishdi.

Fikrlar