So’nggi yangiliklar

01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  2 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  4 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  6 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  24 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  3 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  1 16:34Влахович фойдали таклиф сабаб А Серияни тарк этиши мумкин  0

O'zPFL: "Surxon" - "Navbahor" o'yini Toshkentda o'tadi. Mezbon - "Navbahor" Yangiliklar

O'zPFL: "Surxon" - "Navbahor" o'yini Toshkentda o'tadi. Mezbon - "Navbahor"

Coca Cola Superliga 10-turidan o'rin olgan “Surxon” - “Navbahor” uchrashuvi 21 iyul kuni Toshkent shahrida o'tkaziladi.

Bu borada klublar ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Karantin tartibi kuchaytirilgani, buning oqibatida transportlar bilan bog'liq cheklovlar borligidan kelib chiqib, shuningdek, futbolchilarning chilla vaqtida Termizgacha bo'lgan uzoq masofani bosib o'tishlarini inobatga olib, O'zPFL bu kelishuvga qarshilik qilmadi. 

Kelishuvga ko'ra, birinchi uchrashuv mezboni “Navbahor” klubi bo'ladi va u mezbonlikka doir barcha talablarni bajaradi. Tomonlarning ikkinchi davradagi o'zaro o'yinlari ham Toshkentda o'tadi va unda “Surxon” mezbonlikning barcha majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi. 

10-turning mazkur o'yini “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi va avvaldan belgilab qo'yilgani kabi 19:00 da start oladi. U-21 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga esa “Bunyodkor” akademiyasi mezbonlik qiladi. Uchrashuv 18:00 da start oladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика