So’nggi yangiliklar

23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  9 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  11 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  15 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  3 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  17 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  6 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376

Superliga. Toshpo'latovning so'nggi daqiqalarda qayd etgan dubli "Metallurg"ga "Surxon" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Superliga. Toshpo'latovning so'nggi daqiqalarda qayd etgan dubli "Metallurg"ga "Surxon" ustidan g'alaba keltirdi

Coca Cola Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Metallurg" uchrashuvi tugadi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


YANGILASH


O'yin yakunlandi. "Metallurg" so'nggi daqiqalarda g'alabani "ilib ketdi". 

90+4. Zaxiradagi Anvarov maydonga tushib ketgani bois qizil kartochka oldi. 

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Toshpo'latov! Dubl! 1:2!  

Bahsga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Toshpo'latov!  Abdulhaqovning uzatmasini Ixtiyor Toshpo'lutov golga aylantirdi - 1:1! 

87. "Surxon"da o'zgarish: Salomov o'rniga Stanoevich tushdi. 

83. "Surxon"da almashtirish: G'ofurov o'rniga Karimov tushdi. 

81. Otaxonov tezlik bilan hujumga o'tayotgan Husniddin G'ofurovni to'xtatib qoldi. 

79. "Metallurg" ketma-ket hujum uyushtirmoqda, ammo barchasi samarasiz. 

75. Quttiboev va darvozabon To'raev to'qnashib ketishdi, "Surxon" posboniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

74. "Metallurg"da 2 ta o'zgarish: Anvarov o'rniga Bobojonov, Toshqo'ziev o'rniga Ergashev tushirildi.

74. Xavfli vaziyat! Sulaymonovning uzatmasiga Kasyan etib borolmadi. 

71. "Surxon"da o'zgarish: Hasanov o'rniga G'ofurov tushirildi. 

67. Abdulhaqovning havodan kelgan uzatmasini Ubaydullaev boshi bilan darvozaga yo'naltirishga urindi, ammo noaniq. 

66. Otaxonovning uzatmasi to'g'ri To'raevga etib bordi. 

65. G'ofurov va Anvarov o'zaro to'qnashib ketdi, lekin hammasi joyida. 

64. Ubaydullaev birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq darvozabon xavfni o'z vaqtida bartaraf etdi. 

63. Quttiboev Alievga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jabrlangan futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

61. "Metallurg" vaziyatni o'nglashga shoshilmoqda, ammo qaltis hujumlar yo'q. 

58. Ixtiyor Toshpo'latov kechiktirilgan fol uchun sariq kartochka oldi. 

58. Uuux! Sulaymonov birga-bir holatga chiqib borib, zarba yo'lladi, darvoza ustuni!  Ofsayd ekanligi malum qilindi. 

56. "Metallurg"da 2 ta o'zgarish: Abdullaev o'rniga Quttiboev, Narzullaev o'rniga Abdulhaqov tushdi.  

52. CHumak uzoq masofdadan zarba yo'lladi, ammo darvozabon o'z o'rnida!

51. Davron Anvarov Sulaymonovga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi. 

50. CHumakning uzatmasini To'raev ilib oldi, biroq to'p undan maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

49. Hozircha bahs teng kurashlar ostida kechmoqda. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 1:0. Tanaffus!  

45+1. Sulaymonovdan zarba, ammo ancha kuchsiz. Lobanov to'pni egallab oldi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Davron Anvarov jarohat olib, maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatiladi. 

43. Nuriddin Hasanov CHumakka nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Kasyan!  Hujumchi Sulaymonovning uzatmasidan keyin bosh bilan gol urib, hisobni ochdi - 1:0!  

37. Narzullaev Salomovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

36. CHumak burchak zarbasini amalga oshirdi, qaytgan to'pga Ubaydullaev ega chiqdi va akrobatik zarba yo'llayman deb qoidani buzdi, hakam tomonidan og'zaki ogohlantirish berildi. 

33. Salomov chap qanotdan hujumga o'tdi, uning uzatmasi yo'liga Toshpo'latov to'g'anoq bo'ldi, burchak zarbasi.  

31. "Metallurg" burchak to'pini o'yinga kiritdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi, qaytgan to'p Andreevga etib keldi, uning zarbasi esa ancha kuchsiz chiqdi.  

27. Uuuuxx! Kasyan tomon ajoyib pas keldi, biroq hujumchi ofsaydda ekanligi bois to'pni qabul qilmadi va Sulaymonovga qoldirdi, u ichkariga kirib bordi, ammo himoyachilar qurvoshida qolib, zarba berolmadi.  

24.  "Surxon" xavfli vaziyat tashkil qildi. Sulaymonov va Kasyan kombinaciyasi muvaffaqiyatsiz tugudi.  

18. Abdullaevdan zarba, ammo noaniq. 

16. Narzullaevning zarbasini To'raev qaytardi, qaytgan to'pga Abdullaev yugurib bordi va darvozabonga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam sariq kartochka ko'rsatdi. 

14. "Metallurg" qarshi hujumga ztdi, uzatma noaniq chiqdi va to'p To'raevda. Ubaydullaev esa unga nisbatan qoidani buzdi. 

10. Anvarovnning zarbasi, to'p "Surxon" posboni To'raevda. 

9. Ubaydullaevning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegdi. 

7. Mehmonov Narzullaevni yiqitdi va sariq kartochka oldi. 

5. Zarba! Uuuxx! Lobanov! Muhammadali Namozovning uzatmasi golga aylanib ketishi mumkin edi. 

4. Mehmonlar yaxshi hujum boshlagandilar, biroq Zohid Abdullaevning ishlatgan qo'polligi bois jarima to'pi belgilandi.      

2. O'yindagi dastlabki hujumni "Metallurg" tashkil etdi. Toshqo'ziev burchak zarbasi ishladi. 

1. O'yin boshlandi! 

Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda.

Coca Cola Superliga. 12-tur
SURXON — METALLURG 1:2

Gol: Kasyan 40' - Toshpo'latov 89', 90+3'
25 avgust 2020 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00 ("Mahalla TV" LIVE)
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Zohid Akromov
 

"Surxon": 45.Akbar To'raev, 10.SHavkat Salomov (44.Darko Stanoevich, 87), 11.Aleksandr Kasyan, 15.Muhammadali Namozov, 17.Sardor Sulaymonov, 19.Nuriddin Hasanov ( 7.Husniddin G'ofurov, 71, 8.SHerzod Karimov, 83), 20.Husniddin G'ofurov 1997, 21.Azamjon Aliev, 32.Jahongir Mehmonov, 66.Behruz SHaydulov, 77.Asror G'ofurov.
Zaxira: 1.Asilbek Amonov, 6.Rahmatullo Berdimurodov, 9.Dilshod Jabborov, 29.Nurmuhammad Nomozov, 38.Muhammad Ali Abdurahmonov, 60.O'ral CHoriev.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbosjon Otaxonov, 7.Doniyor Narzullaev (23.Abdurahmon Abdulhaqov, 56), 10.SHahzod Ubaydullaev, 14. Abrorbek Toshqo'ziev (36.To'lqin Ergashev, 74), 15.Zohid Abdullaev (8. Salamat Quttiboev, 56), 21.Kamoliddin Tojiev, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev, 43. Davron Anvarov (11. Murodbek Bobojonov, 74), 88.Evgeniy CHumak.
Zaxira: 1. Akmal Tursunboev, 4. Odilbek Abdumajidov, 9.Mahmudjon Qudratillaev, 20. Xudoyshukur Sattorov, 22. SHahzodbek G'ofurbekov.

Ogohlantirishlar: Jahongir Mehmonov (7), Zohid Abdullaev (16), Nuriddin Hasanov (43), Davron Anvarov (51), Ixtiyor Toshpo'latov (58). 

CHetlatish: Davron Anvarov (90).

Surxon

Aleksandr Kasyan - 40'

Superliga. 12-tur

25/08/2020, 19:00

2
:
1
Tugadi

Metallurg

Ixtiyor Toshpo’latov - 90', Ixtiyor Toshpo’latov - 90'

45'
90'
7'  Jahongir Mehmonov
40'  Aleksandr Kasyan
40'  Sardor Sulaymonov
43'  Nuriddin Hasanov
71'  Nuriddin Hasanov (Husniddin G’ofurov)
83'  Anvarzhon G'ofurov (Sherzod Karimov)
87'  SHavkat Salomov (Darko Stanoyevich)
16'  Zohid Abdullayev
51'  Davron Anvarov
56'  Zohid Abdullayev (Salamat Qutiboev)
56'  Doniyor Narzullayev (Abduraxmon Abdulxaqov)
58'  Ixtiyor Toshpo’latov
74'  Davron Anvarov (Murod Bobojonov)
74'  Abror Toshqo'ziev (To'lqin Ergashev)
90'  Ixtiyor Toshpo’latov
90'  Abduraxmon Abdulxaqov
90'  Ixtiyor Toshpo’latov

Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика