So’nggi yangiliklar

19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  0 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  0 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  8 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1 18:06Рабьо эркин агентга айланди  1 17:56Льорис аргентиналикларнинг бақириқлари ҳақида: "Бу Франция халқига жиддий ҳужум"  4 17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  4 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  1 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  2 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  7 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  2 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  1 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  24 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  7

Superliga. "Nasaf" o'z maydonida durang o'ynadi va 3-o'rinni ham xavf ostiga qo'ydi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" o'z maydonida durang o'ynadi va 3-o'rinni ham xavf ostiga qo'ydi

Coca Cola Superligasi 25-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

25-tur

Nasaf

Superliga. 25-tur

23/11/2023, 18:15

0
:
0
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
23'  SHerzod Nasrullaev (Shuhrat Muhammadiyev)
46'  Marko Stanoevich (Bahrom Abdurahimov)
61'  Andres CHaves (Mateus Lima)
73'  Jambuli Jigauri (Sukhrob Nurulloyev)
16'  Alisher Salimov
90'  Milan Mitrovich
90'  Muhammadali YUldashev (Abdulloh Omonaliev)
90'  Tarik Isich
90'  Sanzhar SHoahmedov (SHohruh Muhsinov)

NASAF – SO'G'DIYONA 0:0

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:15

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Ilya Ilin

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

AVAR: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Komissar: Davron Ibrohimov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Andres CHaves (19.Mateus Lima, 61), 34.SHerzod Nasrullaev (28.SHuhrat Muhammadiev, 23), 70.Jambuli Jigauri (17.Suhrob Nurulloev, 73), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (18.Bahrom Abdurahimov, 46), 92.Umarbek Eshmurodov (s), 99.Azizbek Amonov.

Zaxira: 1.Umid Ergashev, 21.Doniyorjon Narzullaev, 25.Bekjon Rahmatov, 32.Zafar Hakimov, 36.Azizjon Axrorov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 10.Javohir Qahramonov (s), 15.Tarik Isich, 17.Muhammad Yo'ldoshev ( 3.Abdulloh Omonaliev, 90), 22.Sanjar SHoahmedov (21.SHohruxxon Muxsinov, 90+6), 28.Stanislav Andreev, 88.Samandarjon Mavlonqulov, 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev,8.Diyorbek Jaloliddinov, 11.Jasur Hasanov, 57.Xondamir Mustafoqulov, 85.Otabek Ahadov, 90.Ulug'bek Kenjaev.

Ogohlantirish: Alisher Salimov (16), Milan Mitrovich (90+1), Tarik Isich (90+3), Ivan Boshkovich (90+11).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Nasaf" o'z maydonida "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi. 

90+10. "So'g'diyona" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Biroq tezkorlik susaydi va "So'g'diyona" suniy ravishda burchak zarbasi ishlab olishga majbur bo'ldi.

90+6. ZARBAAAAAAA!!! Amonov qanotdan raqibini aldab o'tib, Abdirahmatovga to'pni oshirdi. Zafarmurod bo'sh darvozaga gol urolmadi.

90+5. "Nasaf" yana hujumda. Amonovning pas aralash zarbasini Akmal Mozgovoy darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

90+3. Ikki daqiqa ichida "So'g'diyona" futbolchilari vaqt cho'zgani uchun sariq kartochkalar olishdi. 

O'yinga 8 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Nasaf" bosimni oshirib tashlagan. O'yin faqatgina "So'g'diyona" yarim maydonida bo'lmoqda. Biroq vaziyatlar yaratish juda qiyin bo'lyapti.

Agarda "Nasaf" g'alaba qozonsa, mavsum tugashiga bir tur qolganida eng kamida 3-o'rinni naqd qiladi. Agarda g'alaba qozona olmasa, so'nggi turda 3-o'rin uchun kurashishiga to'g'ri keladi. "Nasaf" mavsumni Olmaliqda yakunlashini inobatga olsak, Ro'ziqul Berdiev shogirdlari sovrinli o'rindan ham quruq qolishlari mumkin bo'ladi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari shu uchun harakat qilishlari shart bo'lmoqda. 

84. Mezbonlar hujumda. Mozgovoy zarba berish nuqtasiga kelguncha muvozanatni yo'qotdi. Vaziyat qo'ldan chiqarildi.

81. UXXXXXX!!! Amonovning chiroyli zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi.

76. "Nasaf" yana hujumga o'tdi. Nurulloevning zarbasini himoyachilar burchakka chiqarib yubordi.

73. ZARBAAAAA!! Burchakdan uzatilgan to'pga Aziz Amonov zarba berdi. To'p ustunga tegib, maydonni tark etdi.

69. "Nasaf" yana hujumga o'tdi. Amonovning qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.

65. Lima hozircha juda faol, biroq uning to'pga yaqinlashishi omadsiz bo'lmoqda. Unga ikkinchi marta to'p uzatilganida to'pga eta olmagan bo'lsa, uchinchisida raqibiga fol ishlatdi.

62. Lima maydonga tushdi va birdaniga to'p bilan raqib jarima maydonchasi ichida ko'rinish berdi. Biroq uning birinchi to'pga teginishi omadli bo'lmadi. U zarba berish nuqtasiga kelganida yiqilib tushdi.

58. "So'g'diyona" hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pga chiqishda Nematov sustkashlikka yo'l qo'ydi. Biroq deyarli 100 foizlik imkoniyatdan "So'g'diyona"dan gol uradigan futbolchi topilmadi.

56. ZARBAAAAAA!!! Bahrom Abdurahimovning kuchli zarbasini Mitrovich ushlab oldi.

55. Akmal Mozgovoyning zarbasi Isichga tegib, burchakka chiqib ketdi.

50. "Nasaf" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pga Andres CHaves boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Jamoalar maydonga qaytib chiqishdi.Ikkinchi bo'lim starti uchun hammasi shay.

Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Jamoalar stadionga qaytib chiqishmoqda.


Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

42. "So'g'diyona" azosi ikki marta ham "aut"ni noto'g'ri o'yinga kiritgani uchun bu huquq "Nasaf"ga berildi.  

40. Zarba! Darvozabon boshlagan hujum Qahramonovning olisdan bergan noaniq zarbasi bilan yakun topdi. 

34. Uuux! Javohir Qahramonovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

28. Jambuli Jigaurining pasidan keyin to'p himoyachiga tegib, maydondan chiqib ketdi. Burchak zarbasidan so'ng esa qoida buzish qayd etildi. 

26. Zarbaaa! Andreevning uzoq masofadan bergan zarbasini Nematov qaytardi.   

23. "Nasaf"da o'zgarish: SHerzod Nasrullaev o'rniga SHuhrat Muhammadiev o'yinga qo'shildi. Nasrullaev Salimov bilan to'qnashuvda biroz jabrlandi. 

21. Javohir Qahramonov jarima maydonchasi ichidagi to'qnashuv oqibatida jabrlangan ko'rinadi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

19. Zarba! Fozilovning kuchli zarbasini Nematov qaytardi. 

16. Alisher Salimov SHerzod Nasrullaevga tirsak bilan zarba bergani uchun sariq kartochka oldi. 

14. "Nasaf" yaxshi hujum tashkil etayotgandi, biroq Zafarmurod Abdirahmatovning tushunarsiz pasidan so'ng to'p maydonni tark etdi. 

13. Jasurbek Yoqubov qo'pol xatoga yo'l qo'yishi mumkin edi, uning pasi sal qolsa "Nasaf" vakiliga borib tushardi.

8. Zarba! Marko Stanoevich sirpanib ketdi va yiqilgan holda zarba yo'lladi, zarba darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi.   

6. Qanotdan oshirilgan to'pni Abduvohid Nematov egallab olishga erishdi. 

4. Hozircha mehmonlar to'pga egalik qilib, o'yinni nazorat qilishga urinishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi! 

- O'zbekiston Respublikasi madhiyasi yangramoqda. Bugun Qarshida yopilish uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

- Lyupcho Doriev o'yinoldi mashg'ulot jarayonida jarohat oldi. SHu bois, asosiy tarkibda uning o'rniga Alisher Salimov maydonga tushadi.

- O'yin 18:15 da boshlanadi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика