So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Superliga. Bugun "Paxtakor" - "Buxoro" va "Nasaf" - "Andijon" bahslari o'tkaziladi Yangiliklar

Superliga. Bugun "Paxtakor" - "Buxoro" va "Nasaf" - "Andijon" bahslari o'tkaziladi

Bugun Superligada 2-tur o'yinlari yakuniga etadi.

“Paxtakor” - “Buxoro”
8 mart 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:00
Hakamlar
: Firdavs Norsafarov, Ziyodullo Abdurahmonov, SHohrux Azamov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Diyor Imomxo'jaev

SHota Arveldaze va Muhsin Muhammadiev boshchiligidagi jamoalarning o'zaro to'qnashuvi. "Paxtakor" chempionatni o'z maydonida "Navbahor" ustidan irodali g'alaba bilan boshladi - 2:1. Jamoa safida ikkala golni ham Igor Sergeev urdi. "Buxoro" esa vodiyda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'lib 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

O'zaro o'yinlarga etibor qilsak katta ustunlik "sherlar" tomonida: 56ta bahsdan 40tasida "Paxtakor" g'alaba qozongan, 7ta uchrashuvda "Buxoro" 3 ochko egasiga aylangan. Yana 9ta bahsda durang kuzatilgan.

O'tgan yil "Paxtakor" o'zaro o'yinlarda ushbu jamoa darvozasiga jami 10ta gol urgandi. Buxoroda ham, Toshkentda ham 5:0 hisoblari qayd etilgan. Umuman olganda oxirgi 5ta o'yinning hammasida "sherlar" bu raqibni mag'lub etishgan. Mana shu 5ta uchrashuvda "Paxtakor" 20ta gol urib 3ta gol o'tkazib yuborgan.

Toshkentda o'tgan bahslarda "Buxoro" o'z tarixida bir marta g'alabaga erishgan (1996 yil) va ikki bor durang qayd etgan (1995 va 2016 yillar), qolgan 25ta bahsda "Paxtakor" g'olib bo'lgan.

Paxtakor

Dragan CHeran - 65', Dragan CHeran - 81', Dragan CHeran - 85'

Superliga. 2-tur

08/03/2020, 17:00

0
:
3
Tugadi

Buxoro

45'
90'
63'  Sardor Sobirxo’jayev (Humoyunmirzo Iminov)
65'  Dragan CHeran
65'  Dostonbek Hamdamov
71'  Igor Sergeyev (Eren Derdiyok)
81'  Dragan CHeran
84'  Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirzhonov)
85'  Dragan CHeran
85'  Jaloliddin Masharipov
70'  Azizbek Amonov (Bobur Farhodov)
82'  Edin YUnuzovich (Jasur Hakimov)
86'  Izzat Abdullaev (Behruz Sadilloyev)




“Nasaf” - “Andijon”
8 mart 2020 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 17:00
Hakamlar
: Elyor Tursunov, Jalgasbay Sarsenov, Bektursin Kannazarov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: SHohrux Said.

Birinchi turni safarda o'tkazgan va ikki xil natija qayd etgan klublar bahsi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi “ajdarlar” mavsumni Navoiyda “Qizilqum” ustidan 3:1 hisobidagi g'alaba bilan boshlashdi. Qarshiliklar safida SHarof Muhitdinov va Bobir Abdixoliqov (2ta) gol urishdi. Aleksandr Xomyakov ustozlik qilayotgan “Andijon” esa Toshkentda “Lokomotiv”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. “Burgutlar” safida Jamshid Hasanov penaltidan to'p kiritdi.

Bir yil oldin Andijonda o'tgan bahsda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishgan, Qarshida esa "Nasaf" 3:0 hisobida zafar quchgan.

Bu jamoalar hozirga qadar 38 marta o'zaro bellashishgan. 24ta uchrashuvda "Nasaf", 6ta bahsda "Andijon" g'olib bo'lgan. Qolgan 8ta uchrashuvda durang kuzatilgan. "Ajdarlar" 88ta, "burgutlar" esa 46ta gol urishgan.

Qarshida o'tgan 19ta o'yinning 17tasida mezbonlar 3 ochko sohibi bo'lishgan. Bir marta "Andijon" Qarshidan g'alaba bilan qaytgan (1999 yil) va bir bor durang qayd etgan (2007 yil). Qarshidagi o'yinlarning oxirgi 9tasida "Nasaf" 9ta g'alabaga erishgan.

Nasaf

Bobir Abdixoliqov - 72', Sharof Muhitdinov - 84'

Superliga. 2-tur

08/03/2020, 17:00

1
:
2
Tugadi

Andijon

Siroj Meliyev - 10'

45'
90'
72'  Bobir Abdixoliqov
72'  Sharof Muhitdinov
73'  Islom Kenzhaboev (Xaris Dilaver)
84'  Sharof Muhitdinov
84'  SHerzod Nasrullaev
89'  Sharof Muhitdinov (Akmal Mozgovoy)
90'  Bobir Abdixoliqov (SHohmalik Komilov)
10'  Siroj Meliyev
39'  Xushnudbek Avilov
45'  Qahramon Bahodirov
60'  Qahramon Bahodirov (Farhod Mirahmatov)
63'  Azamat Isroilov (Muhammadali YUldashev)
75'  Jamshid Hasanov (Temur Usmonov)
76'  Temur Usmonov

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика