So’nggi yangiliklar

20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  5 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  86 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  0 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  5 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  20 15:00Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Қозоғистон футбол федерацияси раҳбарлари учрашуви бўлиб ўтди  2 14:40"Андижон", "Нефтчи" ва "Пахтакор"га турли сабабларга кўра жарима солинди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  7

Malayziyaning qonunni "aylanib o'tish" urinishi o'xshamay qoldi Yangiliklar

Malayziyaning qonunni "aylanib o'tish" urinishi o'xshamay qoldi

Malayziya terma jamoasi safida to'p tepishi kutilgan etti nafar xorijlik futbolchini yaqin orada ortiq maydonda ko'rmaymiz.

Mahalliylashtirish — futbol uchun normal holatga aylanib bo'lgan. JCH-2006ni Italiya asli argentinalik Mauro Kamoranezi bilan yutgan, portugaliyaliklar Pepe va Deku — aslini olganda braziliyalik ekanligini futbol ishqibozlari yaxshi bilishadi, Rossiya terma jamoasi safida Marinato Gilerme, Mario Fernandes va Ari singari futbolchilar to'p tepgan. O'zimizda ham bunday misollar etarli: Aleksey Dionisiev, Georgiy Georgiev, Vladimir Maminov, Oleg Pashinin, Aleksey Polyakov... 

Bu ro'yxatga Qarshining "Nasaf" klubi himoyachisi Igor Golbanni ham qo'shish mumkin. Asli rossiyalik markaziy himoyachining jamoadoshi Dragan Cheran ham sal kam terma jamoa azosi hisoblanadi. Norasmiy malumotlarga ko'ra, Dragan aynan O'zbekiston terma jamoasi safida o'ynash uchun zarur hujjatlarga ariza topshirgan, lekin keyinchalik futbol bilan bog'liq vaziyat o'zgarib, Cheran terma jamoamiz libosini kiymagandi. 

Arab davlatlarida ham lotin amerikasidan kelgan bir qator futbolchilarni ko'rganmiz, ko'ryapmiz va katta ehtimol bundan keyin ham ko'ramiz. Biroq jarayon to'g'ri olib borilishi va hujjatlar qonunlarga muvofiq rasmiylashtirilishi zarur, aks holda FIFA qoida buzarlarni keskin jazolaydi. Ana shunday jazoga Malaziya terma jamoasi duch keldi. 

Xalqaro tashkilot qoidalariga ko'ra, mahalliylashtiriladigan futbolchi ichki chempionatda kamida 5 yil to'p tepishi kerak. Masalani hal qilishning yana bir yo'li asli kelib chiqishi yoki ajdodlari (ota-onasi, bobo, buvi va x.k.z) fuqaroligini olmoqchi bo'lgan mamlakatdan bo'lishlari kerak.

Yana bir misol sifatida Armanistonni keltirish mumkin. Ugochukvu Ivu va Ognen Chancharevich: "Rubin"ning nigeriyalik yarim himoyachisi Rossiyaga ko'chib o'tishdan avval 2018 — 2023 yillar oralig'ida "Lori", "Pyunik" va "Urartu" sharafini himoya qilgan, serbiyalik esa — 2018 — 2024 yillarda "Alashkert" safida harakat qilgan, bugungi kunda esa "Noa" darvozasini himoya qilmoqda. Millati bo'yicha esa Eduard Spercyan va Nair Tiknizyan termaga jalb qilindi. Amalda esa ularning har ikkisi futbol sir-asrorlarini Rossiyada o'rgangan. Chap qanot laterali esa hatto Rossiyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida o'ynashga ham ulgurgan.

"Men imkoniyatimni kutdim, oxirigacha kutgandim. 2022 yil noyabr oyida Valeriy Karpin 30 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni elon qilganida taqdirga tan berganman. Ro'yxatda o'z familiyamni ko'rmagach, o'ylagandim: "U murabbiy, uning o'z qarashi bor, u shuni to'g'ri deb hisoblarkan, muammo yo'q. Men u murabbiyni yomon, boshqasini — esa yaxshi deyishga haqqim yo'q. Va yangi yilning avvalida harakatni davom ettirish, oldinga qadam tashlash zarurligi haqida qaror qildim", — degandi Tiknizyan 2023 yil.

Xo'sh, endi o'zimizning masalaga qaytsak... Malayziyada nima muammo yuz berdi? Malayziyaliklar kelib-chiqishi asli Argentina, Ispaniya, Braziliya va Niderlandiyadan bo'lgan etti nafar futbolchi terma jamoa azosiga aylanishi bo'yicha so'rov yuboradi. Etiborli jihati barcha zarur hujjatlar (original) ham taqdim etiladi. Ularning barchasi 10 iyun sanasida Osiyo Kubogi-2027 saralashi doirasida Vetnamga qarshi bahsda maydonga tushadi va jamoa yirik (4:0) hisobda zafar quchadi. Bunday qarorning adolatligiga shubha bilan darhol ariza yuborildi.

Natijada Malayziya futbol associaciya jarimaga tortildi — 350 ming Shveycariya franki (€ 374,5 ming), har bir futbolchiga esa — 2 ming frank (€ 2,14 ming) jarima belgilandi. Bir oyda bundan sezilarli darajada ko'p pul topadigan professional futbolchi uchun bu summa nima bo'libdi? To'g'rimi?! Ammo, lekin, biroq... Ushbu futbolchilar bir yilga diskvalifikaciya ham qilindi, mana bunisi endi chinakamiga jiddiy hukm.

To'g'ri ularning orasida mashhur futbolchilar yo'q: Fakundo Garses, Gabriel Felipe, Rodrigo Olgado, Imanol Machuka, Joau Figeyredu, Xon Irasabal va Ektor Xevel Serrano. Biroq 26 yoshli Garses, misol uchun, La Liga vakili "Alaves"ning asosiy himoyachilaridan biri. 25 yoshli vinger Machuka Argentinaning "Veles Sarsfild" klubi safida to'p tepadi va uning transfer narxi 2,5 mln evro deb baholanmoqda. Figeyredu esa (€ 2 mln), Irasabal va Serrano yozda Malayziyaning "Joxor Darul Tazim" jamoasi safiga borib qo'shilgandi. 2020 yil emas, shu yilning yozida!

Avvalroq Malayziya argentinalik Serxio (Fabian Esekel) Agueroni termaga taklif qilganidan xabaringiz bormi? Faqat millionlab futbol muxlislari tanigan "Man Siti" afsonasini emas, uning to'laqonli adashi bo'lgan va o'sha vaqtga kelib, mamlakatda 5 yil istiqomat qilgan Agueroni. Bu safar federaciyadagilar ayyorlik qilishga urinib ko'rmoqchi bo'lishdi, ammo ish rejalagidek ketmadi. Qiziq, diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilarning holati qanday ekan? Axir katta ehtimol bilan ularni hech qanday muammo bo'lmasligiga ishontirishgan bo'lsa kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
09 okt 16:45:39
Asad Arabov
Saudiya Arabiston BAA mi yoki Qatar boʻlganda OFKMI FIFAMI puul bilan yopvorardi dsen, Malayziya xam qolishmedi Arablardan))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика