Bu haqda "Cadena Ser" nashri "Carrusel Deportivo"ga tayanib xabar bermoqda.
Manba malumotiga ko'ra, "Real" hamda Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Andalusiya klubini 450 million evro evaziga sotib olmoqchi. Qayd etilishicha, hozirda Ramos o'z yuristlari bilan birgalikda klubning moliyaviy hisobotlarini o'rganmoqda. Ushbu jarayon bir necha oy davom etishi mumkin.
Takidlanishicha, so'nggi yillardagi qoniqarsiz natijalar akciyadorlarni “Sevilya”ni sotish qaroriga olib kelgan. Ilgari Serxio Ramos mazkur klub safida futbolchi sifatida 2003–2005 yillar oralig'ida, shuningdek, 2023/2024 yilgi mavsumda to'p tepgan.
39 yoshli Serxio Ramosning so'nggi klubi Meksikaning "Monterrey" jamoasi bo'lib, u joriy yil dekabr oyi boshida klubni tark etgan. Avvalroq Ramos professional futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar