"Qayrat" o'zining ilk Chempionlar Ligasida qancha ishlab oldi?
29 jan 21:19
Yangiliklar
"Qayrat" o'zining ilk Chempionlar Ligasida qancha ishlab oldi?
Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga chiqishning o'ziyoq jamoa uchun katta yutuq bo'ldi va UEFA tomonidan saxovatli tarzda rag'batlantirildi. Musobaqaning umumiy bosqichida ishtirok etgani uchun "Qayrat" 18,62 mln evro mukofot puli oldi, bu esa taxminan 270 mlrd so'mga teng.
Olmaotaliklar uchun qo'shimcha daromadni natija ham keltirdi. Umumiy bosqichda qayd etilgan yagona durang klub byudjetiga yana 700 ming evro (10 mlrd 170 mln so'm) qo'shdi.
Aytish joizki, bu summa yakuniy emas. Evrokubok mavsumi yakunlangach, klub televizion translyaciyalar va marketing huquqlaridan tushadigan daromadlarni taqsimlash orqali qo'shimcha to'lovlarga ega bo'ladi. Bu esa Evropaning eng nufuzli klub turnirida ishtirok etishdan olinadigan moliyaviy samarani yanada oshiradi.
"Qayrat" uchun bu mavsum shunday darajadagi musobaqada ilk tajriba bo'ldi. Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so'nggi o'yinida "Qayrat" safarda Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi va turnir jadvalida 36-o'rin bilan debyut evrokubok mavsumini yakunladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar