Pepe Xabi Alonso haqida: "Bu klubning talablari juda katta"
12 okt 2025 22:31
Yangiliklar
Pepe Xabi Alonso haqida: "Bu klubning talablari juda katta"
"Real" sobiq futbolchisi Pepe sobiq jamoadoshi Xabi Alonsoning "qirollik klubi"dagi faoliyatida muvaffaqiyatlar bo'lishiga umid qildi.
"Xabi bilan birga o'ynaganman, uni yaxshi bilaman. "Real"ni boshqarish u uchun juda katta chaqiruv, bu klubning talablari juda katta.
Joze Mourinyu "Real"ni boshqarayotganda Xabi u bilan ko'p gaplashardi. Ko'p narsalarga qiziqardi, so'rardi. Menimcha hamma shu orqali o'zining nuqtai nazarini ayta oladi.
Umid qilamanki, Xabining "Real"dagi faoliyati zo'r bo'ladi", - dedi Pepe.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar