So’nggi yangiliklar

00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  6 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   34 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6

Superliga 17-tur uchrashuvlaridagi hakamlik qarorlari tahlili Yangiliklar

Superliga 17-tur uchrashuvlaridagi hakamlik qarorlari tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha mutaxassisi, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) va uning hakamlar guruhi Superliganing 17-tur o'yinlaridagi bahsli holatlarni sinchiklab o'rganib chiqdi.

"Paxtakor" – OKMK 

Qiziqarli vaziyat. Sankciya qo'llash nuqtai nazaridan, mening fikrimcha, bu qo'pol o'yin uchun "temir" sariq kartochka hisoblanadi. O'yinchini qizil kartochkadan "saqlab qoladigan" narsa shundaki, u oyog'ini bukib, to'qnashuvni yumshatdi va butsaning tag qismidan foydalanilgan bo'lsa-da, kuch bilan bosish holati mavjud emas. VARning aralashuviga kelsak, bu erda chempionatdagi tavsiyalarning umumiy koncepciyasini tushunish lozim. Mening tushunishimcha, vaziyat shubhasiz qatiy va aniq sariq kartochkaga loyiq, biroq qizil kartochka uchun bazi mezonlar mavjud, ammo ular etarli emas. Hakam hech qanday jazo qo'llamayotgan, qizil kartochkadan ko'ra sariq kartochkaga yaqinroq vaziyatlarda monitorga chaqirish shart emas. Bu hakamning muammosi, chunki u darhol cheklovlarni qo'llay olmagan.

Ikkinchi vaziyat — to'p uchun kurashda qo'llardan noto'g'ri foydalanganlik uchun sariq kartochka (o'yinchining oldinga siljishini qo'llar bilan to'sish, qo'l yuz sohasiga tegishi, zarb holati yo'q – sariq kartochka).

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Paxtakor" – OKMK 

Chiziqlarga ishonmaslik mumkin emas, umuman olganda to'g'ri chizilgan. Shuni takidlashim kerakki, bundan oldin hujumda qoida buzilishi bo'lgan edi. Hujumchi himoyachining orqasidan turtib yuborgandi. Hakam o'sha lahza hushtak chalganda, hech qanday muammo bo'lmasdi.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


 "Mashal" – "Dinamo"

Fikrimcha, gol to'g'ri hisoblangan. Odatiy ikki tomonlama jismoniy kurash, bunda alohida urinishlar yo'q. Ikkala o'yinchi ham kichik "klinch" holatida, to'pga intilishda bir-birini ozgina ushlab turibdi, lekin hech qaysisining qo'pol harakatini ko'rmayapman.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Mashal" – "Dinamo"

Hakamning penalti belgilash qarorini qo'llab-quvvatlayman, VAR ham to'g'ri aralashgan. To'p uchib ketayotganda, qo'l tana hajmini kengaytirib, yon tomonga chiqib turibdi.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Mashal" – "Dinamo"

Hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri. Shuni takidlash joizki, bunday rakurslardan to'pning qaerga tekkanini aniq baholash qiyin. Biroq, muhimi shundaki, to'p qisqa masofadan kelib tushdi, o'yinchining qo'li tanaga parallel va pastda joylashgan, tana yuzasini kengaytirmaydi, to'p tomon harakat yo'q. Bu to'g'ri qaror.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Mashal" – "Dinamo"

Golni hisobga olish to'g'ri qaror, o'yindan tashqari holat yo'q, maydon markazidagi himoyachi hujumchiga nisbatan darvoza chizig'iga ancha yaqinroq turgandi. Yordamchi hakam uchun bu holat unchalik murakkab emas, bunday vaziyatlar ustida mashq qilinadi. VAR tizimi ham vaziyatni to'g'ri baholadi.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Mashal" – "Dinamo"

Qiziq jihati shundaki, yon hakam uchun asosiy qiyinchilik uzoq tomondagi vaziyatda, ammo bu ham mashq qilinadigan holat. Assistent birinchi vaziyatda hujumni davom ettirishga imkon berdi va buni chiziqlar ham tasdiqladi.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


 "Nasaf" – "Andijon"

Men bu yiqilishni qoidabuzarlik deb hisoblamasdim. Fikrimcha, bu muqarrar to'qnashuv edi, chunki to'p hujumchi o'yinchidan baland sapchigandan so'ng, u to'pni boshqara olmay qoldi, himoyachi esa to'p uchun kurashda ikki tomonga ham ruxsat etilgan to'qnashuv (kontakt) natijasida yiqildi. Keyinchalik ehtiyotsizlik tufayli muqarrar to'qnashuv yuz berdi. O'yinni davom ettirish to'g'ri qaror bo'ldi.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Xorazm" – "Surxon"

Menimcha, futbolchini jiddiy qoidabuzarlik uchun o'yindan chetlatish to'g'ri qaror. Tashlanish paytida o'yinchi butsasining tag qismini qurol sifatida ishlatdi va raqib oyog'ini bosdi – VAR bu holatga to'g'ri aralashdi.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Xorazm" – "Surxon"

Penalti belgilash masalasidagi qarorga to'liq qo'shilaman, VARning to'g'ri aralashuvi hamda to'pga o'ynashga uringan holda gol urish uchun aniq imkoniyatni yo'qqa chiqarganlik uchun penalti va sariq kartochka berilishi to'g'ri. Biroq maydon markazidan jarima zarbasi ijro etilayotgan paytdagi holatga etibor qaratmoqchiman: hujumchi, ehtimol "o'yindan tashqari holatda" bo'lishi mumkin (ammo bu 100% aniq emas, VARning chiziqlar chizish orqali tekshiruvi kerak bo'lardi), shuningdek, hujum qilayotgan tomondagilardan biri raqib o'yinchisining yo'lini to'sdi. Bu mening nazarimda ham qoida buzilishi, ham o'yindan tashqari holat. Yani, VAR keyinchalik bu vaziyatni ham ko'rsatib, penaltini bekor qilishi va birinchi fazada o'yinga aralashgan hujumchi o'yindan tashqari holatda bo'lgani uchun himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba belgilashi kerak edi.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Xorazm" – "Surxon"

Jiddiy qoidabuzarlik uchun ochiq-oydin qizil kartochka, VARning o'rinli aralashuvi. Bu vaziyatda to'pni o'ynashga aniq urinish yo'q, butsa tishlari qurol sifatida ishlatilgan va kontakt joyi to'piqdan yuqorida. Shuni takidlayman: hakam vaziyatga yaqin turgandi, poziciyasi ideal – muammo shundaki, menimcha, u bunday holatda qizil kartochka haqidagi qarorni darhol o'zi qabul qilmadi, balki VAR "yordam beradi" deb o'ylab, ehtiyotkorlik qilayotgandek ko'rindi.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Qizilqum" – "Buxoro"

VAR hakamni nima uchun chaqirganini uncha tushunmadim.

Menimcha, bu erda bir nechta ehtimol bor:

• VAR qoidabuzarlikni boshqa o'yinchi sodir etgan deb hisoblayapti

• VAR qoidabuzarlik yo'q deb o'ylayapti

• VAR buni gol urish imkoniyatidan mahrum qilish emas, balki istiqbolli hujumni to'xtatish deb baholayapti

Takrorlardan ko'rinib turibdiki, etibor qoidabuzarlikka qaratilgan. Chunki mening fikrimcha, agar qoidabuzarlik borligini va uni aynan jazo olgan o'yinchi sodir etganini tan olsak, bu gol urish uchun aniq imkoniyatni yo'qotganlik uchun qizil kartochka bo'lishi kerak. Sababi, hujumchi tez harakatlanayotgan edi, himoyachining sherigidan o'tib ketgan, va keyingi teginish bilan gol urish imkoniyati bor edi. Shuning uchun hakamning dastlabki qarorini to'g'ri deb hisoblayman.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Qizilqum" – "Buxoro"

Menimcha, hakamlar o'yinni davom ettirish to'g'risida to'g'ri qaror qabul qilishdi. To'pning darvoza chizig'ini kesib o'tganligini ko'rsatadigan hech qanday dalil yo'q.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


"Bunyodkor" – "Sho'rtan"

Sariq kartochka ko'rsatilishi lozim bo'lgan holat yaqqol ko'rinib turibdi, jazo istiqbolli hujumni to'xtatgani uchun berildi. Qoidabuzarlikning o'zi shubha tug'dirmaydi, o'yinchining o'zi ham buni tushunmoqda. Nima uchun gol urish imkoniyatidan ochiq-oydin mahrum qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilmadi? Buning sababi – qoidabuzarlik joyi darvozadan ancha uzoqda sodir bo'ldi va u erda yana bir himoyachi bor edi. U qoidabuzarlik darvozadan uzoqroqda bo'lgani uchun yakkama-yakka kurashga kirishish imkoniyatiga ega edi.

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH


Reyting: -1   

Fikrlar

+2   
10 avg 22:27:36
Шухрат
Каршиликлар юрказишга карши иншаоллох яхши натижа кутамиз насафдан
   
10 avg 20:45:01
Alisher Sharipov
Buxoro golini hisobga olsa bulardi Var nega kerak bulmasa
-1   
10 avg 19:51:21
Д И Н А М О жон
Бу труда Нефтчи Динамо окмк Бунёдкор ва навбахор галаба козонса интрига янада кучаяди. Динамо. Нефти. ОК МК. Бунёдкор ва Навбахор жамоаларига омад. Каршиликлар интрига учун хафа бумайди деган умиддаман. ОЛГА ИНТРИГА
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика