Stiven Jerrard: “Suares yanvarda “Liverpul”ni tark etadi deb o'ylamayman”
07 noy 2013 14:24
Yangiliklar


Stiven Jerrard: “Suares yanvarda “Liverpul”ni tark etadi deb o'ylamayman”
“Liverpul” klubi sardori Stiven Jerrard, jamoaning CHempionlar ligasiga chiqishi, klub hujumchisi Luis Suaresning “Liverpul”da qolishiga sababchi bo'lishi mumkinligini aytib o'tdi.
“Suares yanvarda “Liverpul”ni tark etadi deb o'ylamayman. Fikrimcha futbolchi yozda boshqa klubga o'tib ketmaganidan xursand va ayni paytda klubdagi o'rnidan juda baxtiyor.
U hozirda ajoyib sport formada. Jamoa ham chempionatda yaxshi ishtirok etayapti, shu sababli Suares qishda bizni tark etmasa kerak.
Biroq yozda barchasi “Liverpul”ning mamlakat chempionatini nechanchi o'rin bilan tugatishiga bog'liq bo'lishi mumkin”, - deydi Jerrard.

Fikrlar