So'nggi tur, "Guliston" oliy liga bilan xayrlashmoqchi(mi)?
08 noy 2013 12:34
Yangiliklar

So'nggi tur, "Guliston" oliy liga bilan xayrlashmoqchi(mi)?
Endi jon kirgandek ko'ringan oliy ligamizda bugun so'nngi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
"Qo'ng'iz ham bolasini oppog'im", deganidek, biz ham oliy ligamizga ko'nikishga majburmiz. Bugun "Guliston" jamoasining ashaddiy muxlislaridan biri taxririyatimizga qo'ng'iroq qilib, futbolchilar orasida bugun jamoa mag'lubiyatga uchrab oliy ligadan chiqib ketishi kerakligi haqida gap yurganligini kuyunib gapirdi. Bunday bo'lishiga asosiy sabab, 2014 yil uchun jamoa byudjetga ega bo'lmasligi, shu yilni o'zi arang yakunlanayotgani aytilgan. Bugun "Guliston" - "Qizilqum" uchrashuvida maydon egalarini faqat va faqat g'alaba qanoatlantiradi. Aks holda jamoa elita bilan xayrlashadi.
"Biz muxlislar bunga loyiq emasmiz. Necha yillar davomida oliy ligani qo'msab yashadik, yakunda esa orzularimiz mana shunday tarzda parcha bo'lyapti. Baxtiyor Ashurmatovga rahmat aytamiz. U kishi qiyinchilikka qaramay ishladi. Balki bugun g'alaba qozonsak 2014 yil moliyaviy holatimiz o'nglanar. Iltimos futbolchilar, bugun g'alaba qozoning!", - deydi o'zini Akbar deya tanishtirgan gulistonlik muxlis.

Fikrlar