So'nggi 7 o'yinning 6tasida mag'lub bo'lgan "Ufa"da ham bosh murabbiy iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
4 apr 2021, 12:28
RPLning 24-turida "Dinamo"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan "Ufa" jamoasida ham bosh murabbiy o'zgaradi.

"Ufa" futbol klubi Rashid Mamatqulovichga omad tilaydi", - deb yozadi klub tvitteri.

Ufa klubi so'nggi 7 o'yinning 6tasida mag'lub bo'ldi va bir marta durang o'ynadi, gollar farqi 1-12. Kechagi mag'lubiyatdan keyin "Ufa" turnir jadvalida 15-o'ringa, yani, quyi divizionga tushib ketish xavfi bilan qolmoqda. 

Klub bosh direktori Shamil Gazizovning aytishiga ko'ra, navbatdagi o'yinga qadar jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanadi.

Eslatib o'tamiz, tojikistonlik mutaxassis 2020 yilning oktyabr oyida "Ufa"ga bosh murabbiy bo'lgandi. Uning qo'l ostida "Ufa" 16 o'yinda qatnashib, 4 g'alaba, 2 durang va 10 mag'lubiyat qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Уфа" матбуот хизмати