SHota Arveladze RPL klubini boshqarishi mumkin
05 jan 2022 13:12
Yangiliklar
SHota Arveladze RPL klubini boshqarishi mumkin
"Krasnodar" bosh murabbiyligi uchun nomzodlardan biri 48 yoshli gruziyalik mutaxassis SHota Arveladzedir.
Bugun "Krasnodar" jamoa bosh murabbiyi Viktor Goncharenkoni istefoga chiqarish bo'yicha qaror qabul qilgandi.
SE'ning malumotiga ko'ra, SHota Arveladze "Krasnodar"ni boshqarish uchun nomzodlardan biridir. Bungacha jamoani "Lokomotiv" (Moskva) sobiq ustozi Marko Nikolich ham boshqarishi mumkinligi aytilgan edi.
Arveladzening so'nggi ish joyi Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bo'lgandi. U "sherlar" bilan ikki bor O'zbekiston chempioni va ikki bor mamlakat kubogiga ega chiqqandi. Bunga qadar esa mutaxassis Turkiyaning "Kayserispor", "Qosimposhsho", "Trabzonspor" va Isroilning "Makkabi" jamoalarida ishlagan.
Fikrlar