Gyokeresh tibbiy ko'rikdan o'tdi va "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi (Fabricio Romano)
26 iyu 22:58
Yangiliklar


Gyokeresh tibbiy ko'rikdan o'tdi va "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi (Fabricio Romano)
Viktor Gyokeresh "Arsenal"ga o'tish arafasida.
Bugun 27 yoshli hujumchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va London klubi bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda Fabricio Romano. Futbolchi 14-raqamni oldi.
Avvalroq, "kanonirlar" "Sporting"ga 63,5 million evro to'lashi, shuningdek, 10 mln evro miqdorida bonuslar berilishi xabar qilingandi.
Gyokeresh Portugaliya chempionatining o'tgan mavsumida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar