Nagelsmann yaqin orada iste'foga chiqariladi. Germaniya terma jamoasini yangi bosh murabbiyi ma'lum

1 iyul 2026, 08:35
Germaniya terma jamoasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga nemis mutaxassisi Yurgen Klopp nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "Sky Sport Germany" xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, "Liverpul"ning sobiq ustozi taklif tushgan taqdirda uni qabul qiladi. Shu bilan birga, terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan hamkorlikni davom ettirish ehtimoli deyarli yo'q, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Takidlanishicha, 1/8 finalga chiqish nemislar uchun minimal vazifa hisoblangan, shu sababli Germaniya futbol ittifoqi rahbariyatida Nagelsmannni qo'llab-quvvatlash sezilarli darajada kamaygan. Murabbiyning iste'fosi tobora real ssenariy sifatida ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi JCH-2026ning 1/16 finalida kutilmaganda Paragvayga imkoniyatni boy berib (1:1, penaltilar bo'yicha 3:4), turnirni tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Germany