

"Kay to'p tepgan jamoalarga qarshi tez-tez o'ynaganman va taktik tayyorgarlik jarayonida unga qarshi turish oson vazifa emasligini juda yaxshi bilaman. U - haqiqiy top-futbolchi.
Kay bilan birgalikda hali ulkan salohiyatimiz borligi va uni terma jamoada rivojlantirishni xohlashimiz haqida bir to'xtamga keldik", – dedi Klopp.
27 yoshli Haverc 2023 yilning yozidan buyon "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 15 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Germaniya terma jamoasida esa 64 uchrashuvda qatnashib, 25 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.
Germaniya terma jamoasi 16 noyabr kuni Millatlar Ligasi guruh bosqichining so'nggi turida Niderlandiyani qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.



