Gyokeresh: "APL – dunyodagi eng yaxshi liga. Bu erda o'ynashni doim orzu qilganman"
30 iyu 22:59
Yangiliklar


Gyokeresh: "APL – dunyodagi eng yaxshi liga. Bu erda o'ynashni doim orzu qilganman"
Viktor Gyokeresh APLni dunyodagi eng yaxshi liga deb tarifladi.
O'tgan hafta 27 yoshli hujumchi "Sporting"dan "Arsenal"ga o'tdi. U bundan oldin uch mavsum davomida Chempionshipda "Koventri" uchun o'ynagan edi.
"Angliyaga qaytish haqida doimo o'ylaganimman deb ayta olmayman. Lekin, Portugaliyada bo'lganimda, bu erga qaytish imkonim bor edi.
Shubhasiz, APL – dunyodagi eng yaxshi liga. Shu sababli bu erda o'ynashni doim orzu qilganman,
Shunday qilib, qulay payt kelganini his qilganimda, hech ikkilanmasdan ortga qaytdim," - dedi Gyokeresh.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar