Gyokeresh: "APL – dunyodagi eng yaxshi liga. Bu yerda o'ynashni doim orzu qilganman"

Administrator
30 iyul 2025, 22:59
Viktor Gyokeresh APLni dunyodagi eng yaxshi liga deb tarifladi.

O'tgan hafta 27 yoshli hujumchi "Sporting"dan "Arsenal"ga o'tdi. U bundan oldin uch mavsum davomida Chempionshipda "Koventri" uchun o'ynagan edi.

"Angliyaga qaytish haqida doimo o'ylaganimman deb ayta olmayman. Lekin, Portugaliyada bo'lganimda, bu erga qaytish imkonim bor edi.

Shubhasiz, APL – dunyodagi eng yaxshi liga. Shu sababli bu yerda o'ynashni doim orzu qilganman,

Shunday qilib, qulay payt kelganini his qilganimda, hech ikkilanmasdan ortga qaytdim," - dedi Gyokeresh.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN