"Krasnodar" bosh murabbiy Goncharenkoni iste'foga chiqardi

Alisher
5 yanv 2022, 12:33
"Krasnodar" rahbariyati bosh murabbiy Viktor Goncharenkoni iste'foga chiqarishga qaror qildi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. "Buqalar" shuningdek uning ikki yordamchisi bilan xayrlashdi - Vasiliy Berezuckiy va Aleksandr Ermakovich.

Goncharenkoning "Krasnodar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Belaruslik mutaxassis "Krasnodar"ga qadar 2016-2021 yillarda SSKAda ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fckrasnodar.ru