SHirer Aguero va Anrini taqqosladi
31 mar 2020 12:34
Yangiliklar
SHirer Aguero va Anrini taqqosladi
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Alan SHirer "Manchester Siti" forvardi Serxio Agueroni "Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri bilan qiyosladi.
"Serxio yaqinda 32 yoshni qarshilaydi, ammo hali ham ko'p gollar urishda davom etmoqda. Bilaman, u ajoyib jamoada o'ynamoqda, lekin 260ta o'yinda 180ta gol! U nimalarni yutganini ko'ring.
Menga ikkisi ham yoqadi, ammo Terri Anri boshqa edi. Hozirda hujumchilarni roli biroz o'zgargan. Ko'plab markaziy hujumchilar yo'q. Siz gol urishingiz kerak. Ularning ikkalasi nafaqat ajoyib to'purarlar, balki ajoyib gollar mualliflari hamdir", - deydi SHirer.
Aguero APL tarixida gol urish bo'yicha 5-o'rinda bormoqda (180ta gol). Anri esa 175ta gol urishga erishgan.
Fikrlar