Shimoliy Irlandiya ketma-ket 12 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2016, 11:52
Kecha Shimoliy Irlandiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Slovakiya bilan durang o'ynadi (0:0).

Maykl O’Nil shogirdlarining mag'lubiyatsiz seriyasi 12ta o'yinga etdi. Bu Evro-2016da ishtirok etuvchi terma jamoalar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.

So'nggi bor Shimoliy Irlandiya o'tgan yil mart oyida Shotlandiyaga yutqazib qo'ygandi (0:1).

Yevropa chempionati guruh bosqichida bu jamoa Polsha, Ukraina va Germaniyaga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: 101greatgoals.com