

Maykl O’Nil shogirdlarining mag'lubiyatsiz seriyasi 12ta o'yinga etdi. Bu Evro-2016da ishtirok etuvchi terma jamoalar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
So'nggi bor Shimoliy Irlandiya o'tgan yil mart oyida Shotlandiyaga yutqazib qo'ygandi (0:1).
Yevropa chempionati guruh bosqichida bu jamoa Polsha, Ukraina va Germaniyaga qarshi o'ynaydi.



