So’nggi yangiliklar

13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  1 13:32Учинчи марта: Сречко Катанец Эрон ва БААга қарши ўйинларда Ўзбекистон термасига ёрдам беролмайди  32 13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   8 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  1 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  2 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  1 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  36

SHiddatli o'tayotgan La Liganing 9-turi uchun prevyu Yangiliklar

SHiddatli o'tayotgan La Liganing 9-turi uchun prevyu

Milliy chempionatlar start olganda jamoalarning natijasini ko'rib hali mavsum boshi ekanligini ko'p bora takidlashadi.

Ammo 10-turga qarab ketilyaptiki hali qizib olmagan jamoa qolmaganiga shubxa yo'q. Jilla qursa xalqaro maydonda harakat qilayotgan jamoalarning natijasiga o'yin amaliyoti yo'qligini emas, balki ularning uchrashuvlari soni ko'pligini keltirish ham biroz noo'rin. Bizning oldimizda Ispaniya chempionatining 9-turi, xo'sh qanday bahslar bizni kutmoqda. SHoshmang, o'zi 8-turda nima bo'lgandi?

“Kuchli to'rtlik” uchun kurashayotgan “Granada” pastki pog'onada joylashgan “Levante”ni o'z uyida mag'lub eta olmadi (1:1). Bartomeuning ketishi “Barselona”ga foyda yoki zarar bo'lganini muhokama qilishga hali erta. Kataloniyaliklarning natijasi hamon yaxshilanmayapti. ECHLning har turida g'alaba qozonayotgan jamoa chempionatdagi ishtiroki sust. Avvalroq “El klassiko”da mag'lub bo'lgan bo'lsa, o'tgan turda “Alaves”ni enga olmadi (1:1). Turnirda eng kam gol o'tkazib yuborayotgan “Atletiko Madrid” o'tgan turda g'alabaga erishdi va chempionatdagi ikkinchi golini o'tkazib yubordi. Xalqaro maydonda ham ishlari joyiga tushayotgan Madridning boshqa jamoasi “Real Madrid” “Ueska” ustidan ishonchli g'alabaga erishdi biroq bir o'yin kamligi hisobiga turnir jadvalida ikkinchi pog'onada. “Kadis” kelasi yili Evrokuboklarda ishtirok etadimi? Nega yo'q?! O'tgan turda ular mehmonda “Eybar”ni mag'lub etishdi va 5-o'rinni egallab turibdi.

Kelayotgan 9-turning ham bizga tayyorlayotgan sovg'alari, chiroyli uchrashuvlari oldimizda kutib turibdi. Keling ushbu tur o'yinlariga to'xtalamiz:


06.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Elche” – “Selta”

Mazkur bahsda ishtirok etuvchi jamoalarga etibor qaratsak turni holatni ko'rishimiz mumkin. “Selta” 8 o'yin o'tkazgan biroq natijalari yaxshi emas (6 ochko). “Elche” esa raqibiga qaraganda yaxshi ishtirok etyapti turnida (6 o'yin, 10 ochko). To'plar nisbatida ikki jamoada ham minus holat (“Elche” – 6-7; “Selta” – 5-14). 8-tur ikkisi uchun ham omadsiz kechdi, ikkisi ham yirik hisoblarda mag'lub bo'ldi. Natijalarini yaxshilab olish va yuqoriga siljish omilidan kelib chiqiladigan bo'lsa 9-turni boshlab beruvchi o'yin qiziqarli kechishi aniq. 

O'zaro o'yinlar: O'tkazilgan 37 o'yinda ikki jamoa ham bir xil 13 martadan g'olib bo'lishgan. 11 o'yinda esa murosa ko'chasi tanlangan. To'plar nisbati ham deyarli yaqin: 40-48.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Tete, Gvido Karrilo (“Elche”). David Xunka, Ugo Malo, Serxio Alvares, Kevin Vaskes (“Selta”).


07.11  20:15  (Toshkent vaqti)  “Barselona” – “Betis”

Bu mavsum o'ziga o'xshamayotgan “Barselona” chempionatdagi natijalarini qachon yaxshilaydi? So'nggi o'yinlarda g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan Ronald Kuman shogirdlari hali biror marta durangga imzo chekmagan “Betis” bilan o'ynaydi. Grand jamoalarga qarshi o'yinlarda qanday o'ynashni yaxshi bo'ladigan jamoa bu bahsda ham “Barselona” uchun bosh og'riq bo'lishi turgan gap. Bundan avvalgi o'yinda o'z maydonida g'olib bo'lganliklari ularga yanada kuch berishi tabiiy, tag'in muammolar girdobidagi “ko'k-anorranglilar”ga qarshi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yindagi natija ikki jamoaning ham egallab turgan o'rniga tasir o'tkazadi albatta. 

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida bo'lgan 108 o'yinning 66 tasida “Barselona” g'alaba qozongan bo'lsa, 21 tasida “Betis”ning qo'li baland kelgan. Yana 21 uchrashuvda esa durang qayd etilgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Samuel Umtiti, Filippe Koutino (“Barselona”). Sidney, Andres Guardado, Dani Martin, Xuanmi, Viktor Kamasara (“Betis”).


07.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Atletiko Madrid” – “Kadis”

Turning markaziy o'yini ushbu turni yakunlab beruvchi “Real Madrid” – “Valensiya” o'yini bo'ladi deyayotgan muxlis hukm chiqarishga shoshilmagani maqul. Ha, markaziy uchrashuv Madridda bo'ladi, biroq poytaxtning boshqa jamoasi – “Atletiko Madrid” ishtirokida bo'lib o'tadi. Turnir jadvalida yonma-yon, ochkolari o'zaro teng ikki jamoaning ham. Ushbu o'yindagi g'alaba 3 ochko oldinga ildamlab ketishiga sabab bo'lishi aniq. “Kadis” raqibiga nisbatan 2 o'yin ko'p o'tkazganini inobatga olsak keyinchalik ham madridliklar oldinga o'tib ketishlari mumkin, ammo o'zaro o'yindagi g'alaba ham zarur. O'tgan turda ikkisi ham mehmonda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va bu o'yinga “och bo'ridek” kelishgan. Turning markaziy uchrashuviga marhabo!

O'zaro o'yinlar: La Ligada o'zaro 24 uchrashuv o'tkazilgan. SHundan 14 bahsda “Atletiko M” g'alaba qozongan bo'lsa, 5 bahsda “Kadis”. Yana shuncha uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Diego Kosta, SHime Vrsalko (“Atletiko Madrid”). Alberto Perea, Nano, Isaak Karselen, Markos Lopes (“Kadis”).


08.11  20:15  (Toshkent vaqti)  “Real Sosedad” – “Granada”

CHempionat boshlanishidan avval turnir peshqadamligiga davogarlar ro'yxatini sizdan so'rashganida “Real Sosedad”ni qo'sharmidingiz? Bugun esa shu jamoa turnir jadvalida eng yuqorida o'rinda. Balki uchrashuvlar soni bo'yicha boshqalar undan kam o'ynagandir ammo hozirgi statistika shunday. Masalan bu turdagi raqibi – “Granada”. Bu jamoa 7 o'yin o'tkazib 14 ochkoga ega. O'zaro o'yinda g'alaba qozonib va yana bir o'tkazilishi aniq bo'lgan uchrashuvda ham 3 ochkoni qo'lga kiritsa “Reak Sosedad”dan o'zib ketishi aniq. Ushbu omillarni inobatga olgan holda mezbonlar ham g'alabaga intilishi tabiiy holat. Qo'shimchasiga o'tgan turda g'alabaga erishgan jamoa, 8-turda o'z maydonida durang o'ynagan “Granada” bilan o'ynaydi. Yo'qotilgan ochkolarni o'rnini qoplash kerakligini tushungan mehmonlar esa g'alaba qozonmasa bo'lmaydi. Oldinda qanday bahs kutayotganini sezdingiz-a?!

O'zaro o'yinlar: Umumiy o'tkazilgan 50 o'yinning 21 tasi “Real Sosedad” uchun atalgan bo'lsa, 19 tasida “Granada”ning ustunligi bilan yakunlangan. 10 uchrashuvda durang qayd etilgan. Natijalar ham, o'zaro o'yinlar ham shu darajada yaqin bo'ladimi-e?!

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Igor Subeldiya, Aser Ilyarramendi, Xoseba Saldua, Atirs Aranbarri, Luka Sangali, Arits Elustondo (“Real Sosedad”). Ramon Aziz, Neyder Losano, Viktor Dias, Karlos Neva, Kini (“Granada”).


08.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Valensiya” – “Real Madrid”

Afisha jihatdan TOP uchrashuv deyish mumkin, biroq bugungi kundagi natijalarga nazar solsak bunday deyishimiz qiyin. Ammo prinspial kechishi aniq, shuning o'ziyoq o'yinga bo'lgan qiziqishni orttiradi, tag'in uchrashuv “Mestalya”da bo'lib o'tadi. 8 o'yinda boryo'g'i 8 ochko to'play olgan valensiyaliklar Xalqaro maydonda ham asta-sekin natijalarini yaxshilayotgan, milliy chempionatda chempionlik uchun kurashayotgan “Real Madrid”ga qarshi. O'tgan turda “Xetafe” bilan jangovar o'yinda durang qayd etgandi “Valensiya”. O'z maydonida o'tgan edi o'sha uchrashuv ham, mana bu o'yin ham Valensiyada bo'lib o'tadi. “Real M”ga esa g'alaba har doimgidek suv va havodek zarur. Turnirda peshqadam bo'lib olish imkoniyati mavjud, mag'lubiyat esa teskari reakciya berib yuborishi mumkin. G'alaba va natija zarur bo'lgan o'yin zerikarli bo'lmaydi-ku, shunday emasmi?!

O'zaro o'yinlar: Katta tarixga ega jamoalar o'zaro 187 marotaba duch kelishgan. SHundan 170 tasi La Liga doirasidagi bahslar. 48 g'alaba “Valensiya”ga 3 ochko taqdim etgan bo'lsa, “Real Madrid” roppa-rosa 100 marta g'alabaga erishgan. 37 marta durang. To'plar nisbati: 209-316. Super!

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Alvaro Odriosola, Nacho, Daniel Karvaxal, Martin Edegor (“Real Madrid”).



Mazkur turda yana quyidagi uchrashuvlar ham o'tkaziladi:

07.11  18:00  (Toshkent vaqti)  “Ueska” – “Eybar”

07.11  22:30  (Toshkent vaqti)  “Sevilya” – “Osasuna”

08.11  18:00  (Toshkent vaqti)  “Xetafe” – “Vilyarreal”

08.11  22:30  (Toshkent vaqti)  “Levante” – “Alaves”

08.11  22:30  (Toshkent vaqti)  “Valyadolid” – “Atletik Bilbao”




Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика