So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  6 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  16 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

SHartnomasi muddati, “Andijon”ning Superligaga qaytish imkoniyati borasida Farhod Sohibjonov bilan suhbat Yangiliklar

SHartnomasi muddati, “Andijon”ning Superligaga qaytish imkoniyati borasida Farhod Sohibjonov bilan suhbat

O'tgan mavsum “Andijon” safida Farhod Sohibjonov ajoyib o'yin ko'rsatdi.

Biroq jamoa elitada qolish vazifasini uddasidan chiqa olgani yo'q. SHunga qaramay, Sohibjonov ishonchli o'ynadi. O'tgan mavsum va yangi mavsum borasida Sohibjonov bilan suhbatlashdik. 

“Albatta natijalarimiz yaxshi bo'lgani yo'q. Ayniqsa, muxlislarimiz uchun elitada qolishimiz kerak edi. Biz Superligada qolishimiz shart edi. Qolaversa, tajribali bir nechta yigitlar etishmasligi ham pand berdi. G'alaba qozona olishimiz mumkin bo'lgan bahslarda omad etishmasligi sezildi. CHunki tarkibimizda ko'pchiligi yoshlar edi. SHu o'rinda jamoamiz bosh murabbiyimiz ham qo'lidan kelgancha jamoani o'yin uslubiga o'zgarish kiritgan holda o'yinlarga tayyorladi. Afsuski, mavsum omadsiz kechdi",- deydi Farhod Sohibjonov.

- “Andijon” bilan shartnomangiz xususida...

- SHartnomam 2025 yilgacha mo'jallangan. Lekin bir nechta jamoalar taklif bilan chiqqan. Biroq men klub rahbariyati bilan bu masalada gaplashganim yo'q. 

- Pro-liga haqida.

- “Andijon” Superligaga qayta oladi. CHunki bizda ajoyib muxlislar bor. Ularga futbol kerak. Ishonamanki, vazifani uddalay olamiz. Asosiysi, o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmasligimiz muhim ahamiyatga ega. 

- Tajriba olgani to'g'risida

- Superligada to'p tepish orqali ancha tajriba oldim, o'zimga bo'lgan ishonch ortdi. Bu esa menga yangi mavsumda yanada asqotishi mumkin. Umuman olganda, elitada o'ynash orqali o'sish bo'lishini o'zimda his qildim. 

- Diyor Rahimqulov vafoti borasida

- Diyorning vafot etganini eshitib, ochig'i shok holatga tushib qoldim. CHunki men o'sha kuni u bilan telefonda gaplashgandim va hammasi joyida edi. Keyin akasiga telefon qilib, keyinchalik bu xabar rost ekaniga ishondim.





Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика