"Andijon" yangi legionerini Superliga uchun ro'yxatdan o'tkaza olmadi
31 iyu 14:52
Yangiliklar


"Andijon" yangi legionerini Superliga uchun ro'yxatdan o'tkaza olmadi
"Andijon" yozgi transfer oynasida ukrainalik darvozabonni o'z safiga qo'shib olgandi.
Biroq klub Artyom Odincovni PFL ro'yxatidan o'tkaza olmadi. Sababi PFL reglamentiga ko'ra yozda limit 5+1 edi. 2003 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar limitga kirmaydi.
"Andijon"da limit tushgan yangi futbolchilar:
Ismail Akinade
Otabek Jo'raqo'ziev
Kristian Novak
Sunnatilloh Hamidjonov
Shahzod Azmiddinov
Erjan Tokotaev (darvozabon)
Shu bois juda katta ehtimol bilan Artyom Odincov bilan shartnoma bekor qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar