So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  1 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

SHahboz Beg'amov Diyor Xolmatovni Italiyaning qaysi klubida kutishayotganini aytdi Yangiliklar

SHahboz Beg'amov Diyor Xolmatovni Italiyaning qaysi klubida kutishayotganini aytdi

Bugun internetda Diyor Xolmatovning Italiya A seriyasiga ko'chib o'tishi haqidagi xabarlar paydo bo'ldi.

SHahboz Beg'amov telegramdagi o'z kanalida quyidagicha post qoldirdi:

"Ravshan Salimov "Paxtakor"da ishlashi bu hamma narsani biladi yoki doim to'g'ri malumot beradi degani emas.

"Empoli" Diyor Xolmatovning Tailandga qarshi o'yinidan keyin futbolchiga jiddiy qiziqib qolgan va tabiiyki dastlab futbolchining transferiga qiziqib klubga murojaat qilgan.

Bu esa transferning tashabbuskori qaysidir rahbar ekanligini anglatmaydi.

Hozirda futbolchi va klub o'rtasida shartnoma bor yoki yo'qligi ochiq savol, adashmasam.

Klub rasmiy sahifasida Xolmatovning shartnomasi uzaytirilgani haqida so'nggi axborot 2021 yili 21 dekabr oyida berilgan va o'shanda 2023 yil yakuniga qadar bitim imzolangan.

Agar shu malumotga ishonilsa, unda Xolmatov ayni paytda erkin agent bo'lishi mumkin.

Masalan, Ravshan Salimov Farruh Sayfievning transferi bo'yicha hammadan avval bilsa yoki bilmasa ham "Neftchi"ga qo'yib yubordik", deb noto'g'ri malumot tarqatgan inson.

Xullas, xulosa o'zingizdan. Diyor Xolmatovga esa tezroq Evropaga ketishini tilab qolaman. "Empoli"da uni kutishayotgani haqiqat :-)

"Paxtakor"dan ko'pchilik ketmoqchi va tez orada yana bir boshqa transferni ko'rasizlar. Yani klub transfer qilganini emas, balki futbolchi erkin agent sifatida Evropaga ketgani haqida gap.

Insayd berishni to'xtatganman, ammo Diyor Xolmatov masalasida ko'pchilik qiziqqani va so'ragani uchun bilganlarimni shu erda qoldirgandim", - deb yozadi SHahboz Beg'amov telegramdagi o'z kanalida


"Paxtakor" klubi xodimi: "Futbolchimizning Italiya A seriyasiga o'tayotgani haqidagi xabarlarda asos bor, lekin..."        

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика