Shahboz Beg'amov - "Neftchi" jamoasi sport direktori!

Mirjalol Normatov
23 yanv 2025, 22:54
Saytimizning sobiq jurnalisti Shahboz Beg'amov "Neftchi" klubida ish boshladi.

"Yosh va iqtidorli mutaxassislardan biri, o'z vaqtida "Nasaf", OKMK, "Navbahor" klublarida  turli lavozimlar faoliyat olib borgan Shahboz Beg'amov 2025 yildan e'tiboran jamoamizda sport direktori lavozimida ish boshlaydi.

Shahboz Beg'amovga jamoamizning ravnaqi yo'lida omad va zafarlar tilab qolamiz", - deb yoziladi "Neftchi" bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати