So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  5 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  5 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  6 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  14 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  174 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

Sergey Lushan: Dinamoda Messi yoki Ronaldu kabi yulduzlar yo'q, lekin mehnatkash jamoa bor Yangiliklar

Sergey Lushan: Dinamoda Messi yoki Ronaldu kabi yulduzlar yo'q, lekin mehnatkash jamoa bor

Teglar :  Sergey Lushan
Pro liga 4-turi doirasidagi Dinamo - Zomin (3:0) o'yinidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushan o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- «Zomin» jamoasiga qarshi o'yinda uchta vaziyatdan gol urib, yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak-da, aytishim kerakki bu oson g'alaba bo'lgani yo'q. Raqib jamoa tartibli va paslar orqali yaxshi o'yin namoyish etdi. «Xorazm»ga qarshi o'yindan ko'ra bu bahsda qiyinroq bo'ldi. Raqibimiz tarkibi bizni jamoamizdek yaqinda emas, anchadan buyon birga to'p surib kelmoqda. SHu bois ular bir-birini yaxshiroq tushunadi. Fikrimcha, yirik hisob o'yinni qanday kechganligiga mos emas. Qiyin g'alabaga erishdik. Biz ayrim joylarda xato qildik, vaziyatlardan foydalana olmadik. O'yindan-o'yinga kuchayib borishimiz kerak.

- Yani, natijadan qoniqdingiz, jamoa o'yinidan emas, shundaymi?
- O'yinni ko'rayapsiz, biz vaziyatlardan foydalana olish bo'yicha yaxshiroq natija qayd etishimiz kerak. Hali yaxlit jamoaga aylanmadik. Jamoaviy o'yinimizni qurish bilan bandmiz. Yigitlar o'zaro tushunish kuchayishi kerak.

- O'tgan g'alabali o'yin bilan taqqoslaganda tarkibda katta o'zgarishlar yuzaga keldi. Bu nima bilan bog'liq?

- Jamoamiz tarkibi biz murabbiylar shtabi uchun hali yangi. Ularning o'yini bilan yaxshiroq tanisha boshlayapmiz. SHu bois yangi jamoada yaxlit tarkibni hosil qilish uchun ham vaqt kerak bo'ladi. Bilasizmi, chempionatimizda har 3-4 kundagi tur o'yinlariga birorta ham jamoa bitta tarkibni tushira olmaydi. CHunki bitta tarkib 4 kun ichidagi ikkita o'yinga bir xil jismoniy tayyorgarlik talabiga javob bera olmaydi. SHu sabab tarkibda o'zgarishlar qilib turamiz. Ayniqsa hujumkor chiziqlarda.

Bugun chap qanot himoyachimiz Avaz Agaliev jarohati bois bizga yordam bera olmadi. Uning o'rniga maydonga tushgan Hamidov yaxshi o'yin namoyish etdi. U maydondagi eng yaxshilardan biri bo'ldi. Endi Agaliev yana safga qaytishi uchun raqobat qilish kerak bo'ladi. Meni xursand qiladigani jamoamizda har bir chiziq uchun teng kuchli ikki nafardan futbolchilar bor. Kimdir jarohat olsa, uning o'rniga boshqa o'yinchini tushira olaman. Aynan har bir chiziqda ikki nafardan raqobatchi borligi jihatidan ko'nglim to'q. To'g'ri bizda Messi yoki Ronaldu kabi yulduz futbolchilar yo'q, lekin mehnatkash jamoa bor.

Damir Temirovning jarohati ertaga o'tkaziladigan UZIdan keyin malum bo'ladi. Umid qilamanki, Damir eng ko'pi 10 kunda safimizga qaytishi kerak. Tarkibda eng yaxshiligini isbotlasa yana asosiy tarkibga qaytadi.

Yana bir yarim himoyachimiz SHohrux Abdurahmonovning yo'qligi sababi, u O'zbekiston yoshlar jamoasidan chaqiruv olgan. Terma jamoa murabbiylari bilan kelishuvga ko'ra, Abdurahmonovni o'yinimizga qo'yib yuborishlari kerak edi. Ammo tarkibda futbolchilar tanlovi katta emasligi uchun, u yana termada qoldi. Keyingi o'yinimizgacha SHoxruh safimizga qaytadi. Bir kun dam olib, dushanba kungi «Oqtepa» bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика