So’nggi yangiliklar

16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  0 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  3 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10

"Raqiblar biroz kuchliroq edi, ammo bizda boshqa ustunliklar bor". Sergey Chigodaev - O'zbekiston U-16 terma jamoasining Evropa turnesi haqida Yangiliklar

"Raqiblar biroz kuchliroq edi, ammo bizda boshqa ustunliklar bor". Sergey Chigodaev - O'zbekiston U-16 terma jamoasining Evropa turnesi haqida

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodaev jamoaning Evropa yig'inidan so'ng Championat.asia saytiga intervyu berdi.

Xabaringiz bor, terma jamoa Chernogoriya va Vengriyaga qarshi ikkitadan o'yin o'tkazdi.

- Jamoangizning Chernogoriya va Vengriyaga qarshi o'yinlardagi umumiy o'yinini qanday baholagan bo'lardingiz?

- Ijobiy. Yigitlar har bir o'yinda kuchaymoqda va o'yinimiz yaxshilanib bormoqda. Chernogoriya va Vengriya kabi jamoalarga qarshi o'ynash – biz uchun katta tajriba.

- Evropa jamoalariga qarshi o'ynash sizni xavotirga solmaydimi? Jismoniy kuch jihatidan raqiblar jamoangizdan ustunroq bo'lishi mumkin...

- Xavotirlar bor edi, lekin jismoniy taraflama jiddiy farqni sezmadik. Ha, balki raqiblarimiz qaysidir tomondan biroz kuchliroqdir, ammo boshqa jihatlarda biz yutqazmadik. Yakkama-yakka kurashlarda biroz qiyin kechdi, lekin bizda boshqa kuchli jihatlar bor – tezlik, chaqqonlik va texnika.

- Finalda mag'lub bo'lgan CAFA Cup musobaqasidan keyin jamoangiz qanchalik o'sdi?

- O'sha turnirdan keyin ancha vaqt o'tdi, ko'plab uchrashuvlar o'tkazildi. Yigitlar tajriba orttirishdi, individual va jamoaviy o'sish kuzatildi. Umid qilamanki, biz har bir yig'inda kuchayib boramiz. Ustida ishlashimiz kerak bo'lgan kamchiliklar ham mavjud.

- Kelasi yili bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo Kubogi uchun tarkib shakllantirib oldingiz, desak bo'ladimi? Yoki qandaydir o'zgarishlarni kutish mumkinmi?

- Jamoa o'zagi shakllandi. Menimcha, jamoamiz taxminan 80% ga tayyor. Ammo biz hali ham terma jamoaga qo'shilish ehtimoli bor futbolchilarni kuzatib boryapmiz. Bu yoshda o'yinchilar tez o'zgaradi – bazilari kuchayadi, bazilarda pasayish ro'y beradi. Kelasi yilgi turnir – U-17 Osiyo Kubogiga yaxshi tayyorgarlik ko'rganlar boradi.

Reyting:    

Fikrlar

   
20 okt 15:40:43
РОЛРОЛР ВАВПАВА
Бир тийинга қиммат мураббий, сўкиб хам ёздим бу УФА дагилар гап тасир қилмас эканда
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика