So’nggi yangiliklar

02:00"Интер" президенти А Серия даражасини баҳолади  1 01:29Бундеслига. "Бавария" йирик ғалаба қайд этди, Харри Кейн мавсумдаги 10-голини урди  1 01:10Энцо Мареска: "Дарвозабонлар бўйича муаммо йўқ"  2 00:57Саудия Арабистони. "Ал Насср" Мане ва Роналдунинг голлари эвазига "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  16 00:33"Ливерпуль" Кьеза борасидаги қарорини ўзгартирди  1 00:14"Барселона"нинг икки футболчиси қанча муддатга сафдан чиққани аниқ бўлди  3 23:48Руни Экитике ҳақида: "Аҳмоқона ҳаракат. ВАР замонида голни текширувдан кейин нишонлаш керак"  2 23:15"Олтин тўп-2025". Ким қанча овоз тўплади?  3 22:54Максим Шацких: "Нима, ҳар бир ўйинда 5тадан гол уришимиз керакми? Бу "Барселона" эмас, "Андижон"  5 22:43Расман: "Манчестер Сити" Нико О'Райли билан шартномани узайтирди  1 22:19“Андижон” – ОКМК учрашувидаги баҳсли вазият бўйича изоҳ  9 21:58Миржалол Қосимов: "Мағлубиятга лойиқ ўйин кўрсатмадик"  6 21:37Мирко Йеличич: "Натижадан мамнунман, аммо ўйинимизни яхшилашимиз керак"  0 21:20Неъматулла Қуттибоев: "Ҳали ҳеч ким ҳеч нарса йўқотмади. Кураш сўнгги тургача давом этади"  0 20:59Суперлига. "Андижон" ўз майдонида ОКМКдан устун келди  49

PFL "Navbahor" klubidagi vaziyatni o'rganishni so'rab Associaciyaga murojaat yo'lladi Yangiliklar

PFL "Navbahor" klubidagi vaziyatni o'rganishni so'rab Associaciyaga murojaat yo'lladi

Superliga 22-turidan o'rin olgan "Buxoro" klubiga qarshi o'yinda "Navbahor" 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

20 sentyabr sanasida bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi. 

Rossiyalik mutaxassisning matbuot anjumanida bildirgan fikrlari Liga etiborini tortdi. Unda Lushchan ayrim futbolchilar raqib jamoa foydasi uchun harakat qilganligini va bu kabi holatlar tegishli organlar tomonidan o'rganib chiqilishi lozimligini qayd etgan. Bunga qadar ham murabbiy matbuot anjumanlarida bir qator keskin fikrlar bildirgan bo'lib, ularda nomma-nom sanamagan bo'lsa-da, o'zining ayrim shogirdlariga nisbatan konkret ayblovlari borligini bildirgandi. 

"Navbahor" klubidagi muhit Liga nazdida sog'lom emasdek taassurot uyg'otadi. Garchi, klub mavsumning birinchi davrasini ko'tarinki ruhda o'tkazgan bo'lsa-da, moliyaviy tomondan qiyinchiliklar mavjud ekanligi ko'rinib turdi. Xususan, na klub va na viloyat hokimligi tomonidan Associaciya hamda Ligaga taqdim etilgan kafolatlarga amal qilindi. Ayni vaqtda ham klub eski qarzdorlikni bartaraf eta olmagan. Shunga qaramay, klub mavsum boshida xorijiy yig'inda ishtirok etdi va ayrim tajribali futbolchilarni o'z safiga qo'shishda davom etdi. Lushchan tomonidan bildirilayotgan fikrlarning haqiqatga qanchalik yaqin ekani, klubdagi vaziyatga moliyaviy holat qanchalik tasir qilayotgani, futbolchilar oldida ehtimoliy qarzdorlikning mavjud ekanligi ularning sport formasi hamda kayfiyatiga qanday tasir ko'rsatayotgani va oxir-oqibat bu holatlar klub natijalarida qanday rol o'ynayotganligi Liga uchun muhim hisoblanadi.  

Boisi, Sergey Lushchan tomonidan yuqorida bildirilgan fikrlar ichki chempionatning sport yaxlitligi, undagi sog'lom raqobat va haqqoniy o'yinlar masalasiga nisbatan qator savollarni keltirib chiqaradi. Agar murabbiyning fikrlari va yoki unda mavjud shubhalarda asos mavjud bo'lsa, endilikda bu faqatgina klubning ichki ishi bo'lmaydi va u tabiiyki, Superligadagi sog'lom raqobat masalasiga putur etkazadi. Aksincha holat bo'lib, murabbiy o'z bayonotlari uchun asos topib bera olmasa, demak, u o'z so'zlariga qo'shimcha izoh berishi shart.  

Shularni inobatga olgan holda, "Navbahor" klubidagi vaziyatni o'rganish uchun Liga Associaciyaning Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasiga murojaat qilishni lozim deb topdi. So'nggi bor maxsus inspekciya shu yilning iyun oyida futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonidagi qalbaki hujjatlar masalasini o'rganib, masalaga to'la oydinlik kiritib bergandi. Umid qilamizki, yuqoridagi masala ham atroflicha o'rganib chiqiladi va uning xulosasi Liga azosi bo'lgan har qanday klub va uning rasmiylariga ogohlik bo'lib xizmat qiladi", – deyiladi xabarda.

Reyting: +8   

Fikrlar

+6   
26 sen 18:15:28
Saidjahon
Бу ерда ким айбдор булса бу уни виждонига хавола балки кимдир айбдордир балки айбдор эмасдир лекин жабрини Наманганлик дустларимиз тортишяпти жамоа ичида муаммо бордир лекин мухлислар хурмати уйнаш керак эди.
+5   
26 sen 16:27:53
Saidjahon
Чалгимелар бу ерда гап Лушанни кайси миллатданлиги хакида гап кетмаяпти Навбахор хакида кетяпти.
+5   
26 sen 15:37:48
СПАРТАК НАВСЕГДА
Лушчандан қутулиш учун футболчилар ўйнамай қўйишган бўлса - катта ахмоқгарчилик бу.

Агар Лушчанни гаплари тасдиқланмаса - тухмат қилгани учун жавобгарликга тортиш керак.
+3   
26 sen 16:58:12
Ishqiboz Muhlis
Инопланетян булса ҳам. Агарки ўйинчилар айбдор бўлса жавоб бериши шарт. Хақиқатда ҳам Бухоро билан ўйинда ўйинчилар иш кўрсатгандай бўлди. Афсуски нафақат бу ўйинда Навбахорни бошқа ўйинларида ҳам шундай кўринди. Андижонда ҳам худди шундай холат бўлган деб ўйлайман Хомяковга қарши. Буни тагига етиб пропагандачи ўйинчиларни топиб умуман футболдан четлатиш лозим. Маблағ масаласига келсак очиқ айтиш керак эди тегишли жойларга, аммо ўйинни юзаки ўйнаш керак эмас. Чунки уни орқасида биз мухлислар ва вилоятлар шаъни ғурури орияти турибди.
+3   
26 sen 15:16:50
dinamo_real
Качондан Лушчан россиялик мутахассис буп колди.
+2   
26 sen 17:02:20
bekaka
У́йлашимча ту́гри карор бу́либти
+1   
27 sen 01:24:52
Mirshohid
Navbahor uzi norma jamoa emasdek, bir qarasand hammasi idealdek tuyuladi, keyin kutilmaganda durang yoki magʻlubiyat. Jamoada sogʻlom muhit yoʻq. Ilhom vaqtida ham, Kancheliskis vaqtida ham, baba vaqtida ham bu Lushchan vaqtida ham. Shu ku gacha liga nimani tomosha qilgan, shibha boʻlsa tekshirish kerak u Navbahormi yoki Paxtakormi farqi yoʻq. Joʻraevga omad tilayman, shu murabbiyda jamoa hech yo professional jamoalardek oʻynasin, uyinchilarni otasi kim akasi kim tankasi kim qizigʻi boʻlmasdan jamoani kurashuvchan intiluvchan qilib shakillantirsin. Har holda umid bor, Namanganlik uzi ham ozgina joni achisa kerak
+1   
26 sen 21:47:27
1994 Nurafshon
Лушан Сугдиенага маглуб булганда хам шу гапни айтганди манимча у оккулок хар диомгидек узини окламокчи
+1   
26 sen 18:37:43
Davron Mamatqulov
Saidjahon foydalanuvchining fikriga javob berish
Бу ерда ким айбдор булса бу уни виждонига хавола балки кимдир айбдордир балки айбдор эмасдир лекин жабрини Наманганлик дустларимиз тортишяпти жамоа ичида муаммо бордир лекин мухлислар хурмати уйнаш керак эди.
Туппа тугри
+1   
26 sen 18:34:48
Davron Mamatqulov
3 4 уйинчининг ахмоклиги коменданти тупикка тикади мухлислар да нима айб
+1   
26 sen 17:44:58
Abdul Azizjon
Agar futbolchilar shunaqa qilgan bolsa yaxshi ish bolmapti qasamyod qilgan qasami buzgandek gap
+1   
26 sen 16:57:07
bekaka
Шу узбек футболида навбахор ку́п тренда турадида хар йили канакадир яхши ёки ёмон хабарлари мухокамаларга сбабб буладида
+1   
26 sen 15:55:40
barselona7
dinamo_real foydalanuvchining fikriga javob berish
Качондан Лушчан россиялик мутахассис буп колди.
2005 йилда Россия фуқаролигини олгандан бери.
+1   
26 sen 15:47:15
KVARTS DSS
KVARTS DSS foydalanuvchining fikriga javob berish
5:0 dan keyin. 38 mln aholi bilib oldi..... Sergey lushchan Rossiyalik
Mazgiyoblar Lushchan Bekobodlik ekanku
+1   
26 sen 15:44:47
KVARTS DSS
5:0 dan keyin. 38 mln aholi bilib oldi..... Sergey lushchan Rossiyalik
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика