Saudiya Arabistonliklar yana bir top murabbiyni ligaga olib kelishmoqchi
12 iyu 09:17
Yangiliklar


Saudiya Arabistonliklar yana bir top murabbiyni ligaga olib kelishmoqchi
Saudiya Arabistoni PIF (suveren boylik jamg'armasi) Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamga JCH-2026dan keyin ish taklif qildi.
Bu haqda jurnalist Sacha Tavolieri X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, PIF vakillari franciyalik mutaxassisni mahalliy ligadagi jamoalardan birining boshqaruvida ko'rishni xohlashmoqda. Qayd etilishicha, murabbiy bu qiziqishdan mamnun bo'lgan, biroq ayni damda butun etiborini terma jamoa bilan ishlashga qaratgan.
Desham Franciya terma jamoasini 2012 yildan buyon boshqarib kelmoqda, 2018 yilda esa francuzlar bilan jahon chempionatida g'alaba qozongandi. Mutaxassisning Franciya futbol federaciyasi bilan shartnomasi JCH-2026 yakunigacha hisoblangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar