Saudiya Arabistoni chempionati. CHempionlik uchun ikkita jamoa kurashyapti
02 apr 2019 08:40
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni chempionati. CHempionlik uchun ikkita jamoa kurashyapti
Bu turda peshqadam o'zgardi. SHu paytgacha turnir jadvalida karvonboshilik qilib kelgan "Al Hilol" o'z o'rnini "Al Nasr"ga bo'shatib berdi. Bu jamoalarning o'zaro o'yinida "Al Nasr"ning qo'li baland kelib 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Hozirda jamoalar o'rtasidagi farq bir ochkoni tashkil etyapti. Bu esa kurash oxirigacha qiziydi deganidir. Biz uchun tanish jamoalardan biri "Ohod" o'z maydonida "Al SHabab"ni qabul qilib 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Umuman olganda bu jamoa Nesterov ketganidan beri bironta o'yinda g'alaba qozonmadi. Nesterov borligida esa ikkita uchrashuvda zafar quchgandi.
"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi "Al Ittihod" "Al Faysali" maydoniga safar uyushtirib 2:3 hisobida yutqazib qaytdi. "Al Ittihod" safida Maruan da Kosta bilan Garri Rodriges gol muallifi bo'lishdi. SHuni aytish kerak, kecha jiddaliklar Qirol Kubogida "Al Batin"ni 4:3 hisobida mag'lub etishdi.
Peshqadam "Al Nasr" keyingi turni 4 aprel kuni "Al Raed"ga qarshi o'tkazsa, "Al Hilol" ham shu kuni "Al Hazm" mehmoni bo'ladi. To'purarlar ro'yxatida "Al Nasr" hujumchisi Abdurazzoq Hamdallah 22ta gol bilan birinchi o'rinda ketmoqda. Ikkinchi o'rindagi Leandre Tavamba ("Al Taavon") hisobida 19ta gol bor. 3-o'rinni esa "Al Hilol" forvardi Bafetimbi Gomis 17ta gol bilan egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar