Samir Nasri: “Ko'p vaqtimni behuda sarflaganimni endi tushunyapman”
13 fev 2014 16:28
Yangiliklar


Samir Nasri: “Ko'p vaqtimni behuda sarflaganimni endi tushunyapman”
“Manchester Siti” va Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Samir Nasri (26 yoshda) yoshlikdagi xatolarini endigina tushuna boshlaganini takidladi.
- Yoshligimizda hali hammasi oldinda deb bazi bir narsalarga etibor bermadik. Aynan shuning uchun biz EVRO-2012 musobaqasida mag'lubiyatga uchradik. O'shanda futbolchilar orasidan saralab olingan 23 nafar o'yinchi, 65 millionlik Franciya xalqi nomidan ishtirok etishimiz kerak edi, lekin biz bunga boshqacha nazar bilan qaradik. Mana endi qilgan xatolarimni tushuna boshlayapman. Bu kabi xatolarni boshqa takrorlamaslikka harakat qilaman, - futbolchining so'zlarini keltiradi RMC.

Fikrlar