Salamat Qutiboev: “Al Taavon”ni mensimay harakat qilgandik”
28 fev 2017 11:22
Yangiliklar
Salamat Qutiboev: “Al Taavon”ni mensimay harakat qilgandik”
Ushbu bahsdan so'ng “temiryo'lchilar” futbolchisi Salamat Qutiboev o'z fikrlarini bildirdi.
“OCHLdagi uchrashuvlar biz uchun qiyin bo'lmoqda. Hozir jamoamiz bilan o'yin ritmiga kira olmayapmiz. Balki chempionatimiz boshlanmagani bunga sabab bo'lishi mumkin. “Al Ahli” Osiyodagi kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Meni fikrimcha “Al Ahli” bizni birinchi o'yinimizga qarab harakat qilgan bo'lishi mumkin.
“Al Taavon”ga qarshi uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganimizdan so'ng bizni kuchsizroq, deb o'ylagan bo'lishi ham mumkin. Biz ham “Al Taavon”ga qarshi uchrashuvda xotirjamlikka berilgandik. “Al Taavon”ni mensimay harakat qilgandik, desam ham bo'ladi. “Al Ahli”ga qarshi uchrashuvda tezkor birinchi golni urganimdan xursandman. Eng asosiysi kerakli bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik” – deydi “Lokomotiv” futbolchisi Salamat Qutiboev.
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi.
Fikrlar