So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

RPL. "Lokomotiv" - "Zenit" bahsida nursiz durang qayd etildi. Jaloliddinovning debyuti keyinga qoldirildi Yangiliklar

RPL. "Lokomotiv" - "Zenit" bahsida nursiz durang qayd etildi. Jaloliddinovning debyuti keyinga qoldirildi

Rossiya chempionati 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Zenit" bahsi matnli traslyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Lokomotiv – Zenit 0:0 

"Lokomotiv" stadioni 

Lokomotiv – Gilerme, Magkeev, CHorluka (Raykovich 90), Serkeyra, Ignatev, Rybchinskiy (Jemaletdinov, 79), Kulikov, Kamano (Lisakovich, 65), Miranchuk, Rybus, Smolov (Eder, 65).

Zenit – Kerjakov, Karavaev, Duglas Santos, Rakickiy, Jirkov (Krugovoy, 73), Ozdoev (Eroxin, 86), Mostovoy, Malkom (Sutormin, 86), Lovren, Dzyuba, Azmun (Rigoni, 73).

Ogohlantirishlar: Ribus (26), Jemaletdinov (87). 


Bahs yakunlandi. O'yinda hisob ochilmadi. Bugungi uchrashuvda Jasur Jaloliddinov zaxirada qoldirildi va maydoga tushmadi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. "Lokomotiv"da o'zgarish: CHorkluka o'rniga Raykovich tushdi. 

90+2. "Zenit" yanada faollashdi, Murilo jonbozlik ko'rsatyapti. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

89. "Zenit" tinmay vaziyat yaratishga harakat qilmoqda. 

87. Jemaletdinov Mostovoyni yiqitgani bois sariq kartochka oldi. 

86. "Zenit"da 2 ta o'zgarish: Ozdoev o'rniga Eroxin, Malkom o'rniga Sutormin tushdi.  

84. "Temiryo'lchilar" hujumda, Rigoni markazda adashdi va to'pdan ayrildi, Rakickiy to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

79. "Lokomotiv"da o'zgarish: Ribchinskiy o'rniga Jemaletdinov tushirildi.   

78. Malkomdan Mostovoy tomon qoyilmaqom pas, ammo Gilerme o'z vaqtida darvozadan chiqib keldi. 

75. Zarba! Ederdan ancha kuchsiz zarba, bu Kerjakovga qiyinchilik tug'dirmadi. 

73. "Zenit"da 2 ta o'zgarish: Azmun o'rniga Rigoni, Jirkov o'rniga Krugovoy tushirildi. 

71. Lisakovich tezligini ko'rsatdi va "Loko" uchun o'yindagi dastlabki (!) burchak zarbasini ishlab berdi.

68. Jirkov burchak to'pi ishladi. Santos to'g'ri Lovrenga oshirdi, Deyanning zarbasi Ribus tomonidan to'sib qo'yildi.

66. Uuuxx! Miranchukning zarbasi ozgina noaniq ko'rinish oldi. 

65. "Lokomotiv"da 2 ta o'zgarish: Kamano o'rniga Lisakovich, Smolov o'rniga Eder tushdi. 

63. Malkom Dzyubaning pasidan keyin zarba berdi, zarba himoyachilar tomonidan "bloklandi".

62. Zarba! Kamano erlatib zarba yo'lladi, ammo noaniq. 

60. Santos ichkariga to'pni uzatdi, Gilerme barchadan baland sakrab to'pga ega chiqdi.

58. Rakickiy yana Karavaevni izladi va oldinga boshlamoqchi bo'ldi, ammo ukrainalikning barcha harakatlari samarasiz ketdi.  

56. Dzyuba Jirkovning uzatmasidan keyin to'pga egalik qildi, u ikki himoyachi orasidan zarba bermoqchi bo'ldi, ammo o'xshamadi. 

55. "Loko"da ajoyib kombinaciya, Smolov jarima madoni ichida to'pni qabul qildi, u pas oshirishga urindi, biroq to'p "Zenit" himoyachisining boshiga tegdi. 

52. Dzyuba gol urdi, ammo u erda Karavaev yaqqol qo'l bilan o'ynagandi.  VAR barchasini ijobiy hal qildi. 

51. Kamano jarima maydoni yaqinida to'pni qabul qilib oldi va Miranchuk bilan devor uslubida o'ynamoqich yuzldi, ammo "Zenit" himoyachisi vaziyatni o'qiy oldi. 

50. Smolov "Lokomotiv" hujumida bosh bo'ldi, uning havodan uzatgan pasi ancha noaniq chiqdi va maydonni tark etdi.

48. Gilerme darvozadan chiqib kelishda omadsiz harakat qildi, Rakickiy to'pni darvozaga kiritishga urindi, ammo himoyachini nishonga oldi.

47. Kulikov Malkomga qarshilik ko'rsatdi va "podkat" orqali to'pni olib qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi - 0:0. Tanaffus! 

45+1. Magkeev uzoqdan zarba yo'lladi, ancha noaniq.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

43. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich: "Lokomotiv"da 2 ta zarba (1 tasi aniq), "Zenit"da 3 ta zarba (aniq zarba yo'q). Hozircha kam zarbalar guvohi bo'lyapmiz.  

41. "Zenit" 3-burchak to'piga ega bo'ldi, "Loko" hali "korner"ni amalga oshirmadi.

40. Rakickiydan uzatma, Kulikov havodagi kurashda g'olib chiqdi va to'pni qaytardi.

39. "Zenit"da jarima to'pi, Ribchinskiy Jirkovga nisbatan qo'pollik ishlutgandi. Ko'ramiz, piterliklar nimani o'ylab topisharkan.

37. Zarba! Malkom jarima to'pi ishlab oldi, Lovren kutilmaganda zarba ichjrochisiga aylandi, zarba chakki emas, faqat ozgina aniqlik etishmadi. 

35. Smolov CHorlukadan pas qabul qilib olib, "Zenit" jarima maydoni ichikga kirib bordi. Uning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi Kerjakovga qiyinchilik tug'dirmadi. Smolov sal vaqtliroq zarba berganida, bundanda xavfliroq vaziyat yuzaga kelardi.  

33. Moskvaliklar faollikni ancha oshirganliklari sezildi, Kamano Miranchukka ras berdi, biroq vinger o'z pasiga o'zi yugurishiga to'g'ri keldi.  

31. "Lokomotiv" yaxshi pozicion hujum namoyish etdi, Magkeev ajoyib pas berdi, Smolov unga egalik qilib, ichkargi kirib bordi, ammo to'pni yo'qotdi.

28. Azmun yana yashil maydonda yotibdi, CHorluka uni yiqitdi. Hakam videotakrordan foydalanib, bir qarorga kelishi mumkin. Yo'q, o'yin davom ettiriladi. Futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatildi.  

26. Ribus Dzyubaga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

25. Azmun yaxshi kirib bordi va yiqildi. Serdar tizzasini ushlab yotibdi, ammo eronlikda hammasi joyida.

23. Miranchuk ochilib o'ynayapti, biroq "Loko" xavbeki ko'p vaziyatlarda o'yindan tashqari holatda qolib ketyapti.

22. "Zenit" bekor qilingan goldan so'ng, ustunlikni o'z qo'liga oldi, "Zenit" to'pga egalik qilmoqda, bu "temiryo'lchilar"ga ham maqul, chunki ular asosan, qarshi hujumda harakat qilishmoqchi. 

20. Azmunning uzatmasini "Loko" vakili Murilo qiyinchiliksiz qaytariyu yubordi. 

19. Dzyuba Ribus bilan ko'rush olib bordi va burchak to'pi ishladi.

18. Rakickiy Karavaevni oldinga boshladi, biroq u to'pga ulgurmadi.

16. Rakickiy Mostovoy tomon qulay pas uzatdi, himoyachi unga qarshilik ko'rsatib, to'pni olib qo'ydi.

14. Kamano himoyaga qaytib, Dzyubadan to'pni olib qo'ydi, qoyil! 

12. Hakam ofsayd qayd etdi, vaziyat VARda tekshirildi va gol hisobga olinmadi. 

10. GOOOOOOOOOL! Ribchinskiy raqib darvozasiga to'p kiritdi!

9. "Lokomotiv" yana bir vaziyat yaratdi, ammo Miranchuk Kamanoga noaniq pas berdi. 

7. Miranchuk xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi, raqib jarima maydoni ichkarisida to'pni qabul qilib olib, o'ngroqqa pas uzatdi, lekin to'p hech kimga tegmadi va "aut"ga chiqib ketdi. 

6. Zarba! Ozdoev chap oyog'ida xavfli zarba yo'lladi, bu "Zenit"ning birinchi yaxshi imkoniyati edi.

5. Jirkov chap qanot himoyasida o'ynamoqda, Yuriy har doimgidek qanot orqali hujumga intildi va uzatmani amalga oshirdi. "Lokomotiv" himoyachilari to'pni qaytarishdi.  

3. "Loko" yaxshi hujum tashkil etayotgandi, biroq Miranchuk ofsaydda qolib ketdi.

2. Dzyuba boshi bilan sherigiga pas uzatdi, ammo hakam Artyom o'yin qoidasini buzganini qayd etdi.

1. O'yin boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda. 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

- Assalomuc alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Rossiya Premer Ligasi 6-turida hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov to'p tepadigan Moskvaning "Lokomotiv" klubi o'z maydonida Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика