Ronalduning rafiqasi karantin qoidalarini buzdi. U Krishtianuning sog'ligiga beparvolikda ayblanmoqda
19 mar 2020 01:41
Yangiliklar
Ronalduning rafiqasi karantin qoidalarini buzdi. U Krishtianuning sog'ligiga beparvolikda ayblanmoqda
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu ronalduning turmush o'rtog'i Jorjina Rodriges karantin qoidalarini buzib, kiyim-kechak xaridi uchun odam gavjum maskanlarga tashrif buyurgan.
"Corriere dello Sport" nashri mulumotiga ko'ra, Jorjinaning soqchilar hamrohligida do'kon aylanib yurgan holatidagi surati ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketgan va keskin tanqidlarga sabab bo'lmoqda. Mazkur holat Krishtianuning aksar muxlislari noroziligiga sabab bo'ldi, ular Jorjinani 35 yoshli hujumchining sog'ligiga jiddiy etibor qaratmaslikda ayblashmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus"ning ikki nafar vakili (Daniele Rugani va Bleza Matyuidi)da koronavirus alomatlari aniqlangach, Ronaldu oilasi bilan Portugaliyada qolishga qaror qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
01:47
Millatlar ligasi. Ronaldu 900-golini urgan o'yinda Portugaliyadan g'alaba va boshqa natijalar 2
11:17
Ronaldu: "Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatimni yakunlash? Men asosiy tarkibda o'ynashim kerak" 39
Fikrlar