Ronaldu va Pepe umumiy guruhda mashug'lot o'tkazishmadi
08 noy 2013 11:31
Yangiliklar


Ronaldu va Pepe umumiy guruhda mashug'lot o'tkazishmadi
Real ECHL 4-turidan o'rin olgan Yuventusga qarshi o'yindan (2:2) so'ng to'liq bo'lmagan tarkib bilan mashg'ulotlarga qaytdi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, umumiy guruhda Krishtianu Ronaldu, Pepe va Fabiu Koentrau kabi futbolchilar mashg'ulot o'tkazishmagan.
Ronaldu va Pepe Yuventusga qarshi o'yinda jaroaht olishdi, shu bois ikkisi trenajer zalida shug'ullanishdi. Bu ikki o'yinchi Real Sosedadga qarshi o'yinga qadar tiklanishlari kutilmoqda.

Fikrlar